AHOLINING SOG‘LOM OVQATLANISHINI TA`MINLASH BO‘YICHA TAVSIYALAR

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash hamda jismoniy tarbiya va sport sohalarini isloh qilish yuzasidan qabul qilingan normativ-hujjatlarda ushbu tizimlarni takomilashtirish barobarida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga mazkur sohada davlat siyosatining muhim yunalishlaridan biri sifatida qaralmoqda.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining ma`lumotiga ko‘ra jismoniy faollik hamda ovqatlanish me`yor va qoidalariga amal qilmaslik, takkibida tuz, qand, yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan taom va shirinliklarni me`yoridan ortiq iste`mol qilish, shuningdek yetarli darajada vitamin va minerallar iste`mol qilmaslik oqibatida yoshlarda ratsional o‘sish va aqliy rivojlanishda ortda qolish, kattalarda esa yurak qon-tomir, (endokrin), xavfli o‘sma kabi insonning erta o‘limiga olib keluvchi kasalliklarning rivojlanishga sabab bo‘lmoqda. Aholining sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faolligini ta`minlashda davlat siyosatini yanada mustahkamlash, yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktilasi borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, har bir fuqaroda sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik madaniyatini shakllantirish maqsadida quyidagilarni bajarish kerak.

1.      Aholining salomatligini ta`minlash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirib boriladi:

a)      01. 06. 2021 yildan boshlab 6-23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutrient kukuni bilan, 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar “A” vitamin bilan, 2-10 yoshdagi bolalar gel`mintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar bilan bepul ta`minblanadi.

b)      01. 07. 2021 yildan boshlab homilador va bola emuzuvchi ayollar hamda 3-15 yoshdagi bolalar yod proparati bilan, 35 yoshgacha tug‘ish yoshdagi ayollar temir va foliy kislatasi preparati bilan bepul ta`minlanadi.

v)  01. 04. 2021 yildan boshlab birinchi nav bug‘doy uni bilan bir qatorda oliy nav bug‘doy uni mikronutrientlar bilan boyitilgan taqdirda Respublika hududida realizatsiya qilishga ruxsat etladi.

                  X. TOG‘AYEV,

Qumqo‘rg‘on tuman SEO va JSB sanitariya vrachi