Fuqarolarning burch va vazifalari

Insoniyat  qadimdan  olov  bilan  hamnafas yashab, o‘z ehtiyojlari uchun foydalanib kelgan. Ayni kezda ham olovdan turmushda va ish faoliyatida oqilona foydalanish evaziga inson hayoti farovonlashib, yuksak madaniyat darajasiga ko‘tarilib bormoqda.

Biroq olovdan ham foydalanishning o‘z yo‘li va qonun-qoidalari bor. Zero, olov bilan hamnafas hayotimiz bizdan doimo xushyor bo‘lishni talab etadi. Oddiy bir misol: bolalarning gugurt o‘ynashi, isitish pechlarni qarovsiz qoldirish, elektr uskunalarni va gaz plitalarini noto‘g‘ri  foydalanish  oqibatida yong‘in  kelib chiqishi mumkin.

Qarang ozgina etiborsizligimiz katta ofatlarga sababchi bo‘ladi. Aslida bolasining harakatini doimo nazorat qilish e’tiborli ayolning odatdagi ishidir.

Qolaversa har bir uy sohibasi ro‘zg‘or yumushlarini bajarishda elektr asboblarining faqat sozlaridan to‘g‘ri foydalanishga odatlanishi lozim.

Buning uchun ozgina qunt qilinsa kifoya-uyingiz ham, ko‘nglingiz ham tinch bo‘ladi. Elektr asbob-anjomlaridan foydalanib bo‘lingandan so‘ng, elektr tarmog‘idan uzishni aslo unitmaslik kerak.

Uydan chiqish oldidan gaz asboblarini va elektr chiroqlarini albatta o‘chirish lozim. Xonada gaz hidi chiqayotganligi sezilsa, chiroq va boshqa elektr asboblari, uchqun beruvchi vositalarni yoqish mumkin emas. Elektr asboblarining ortiqcha qizib ketishi hollari ham yong‘in sodir bo‘lishiga olib keladi.

Xonadonlarda elektr tarmog‘iga bir vaqtning o‘zida bir necha tok qabul qiluvchi vositalar ulash juda xavflidir. Oshxonada qozondagi yog‘ni qizdirayotganda nazoratsiz qoldirish ayanchli hollarga olib kelishi mumkin.

Qo‘lbola elektr isitish asboblaridan foydalanmang, elektr dazmol va gaz plitalarni qarovsiz qoldirmang!

Yonib turgan gaz plitasida – kir quritish holatlari kuchli yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Tabiiy va maishiy gaz ballonlarga rezina shlanklar orqali ulash xavflidir.

Aziz fuqarolar, olovga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘lib, yong‘in xavfsizligi qonun qoidalari, me’yor talablariga to‘liq va aniq amal qilsak, hech qachon yashash uyimiz va ish joylarimizda yong‘in sodir bo‘lmaydi.

                                                                           R. Artiqov,

Qumqo‘rg‘on tumani  FVB  FVDT  va  FM faoliyatini tashkillashtirish,  xavfsizlik targ‘iboti bo‘linmasi boshlig‘i, kapitan  

                                                                    A. Almardonov,                                      “Qumqo‘rg‘ontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimi