Oilasida tinchlik, to‘kin-sochinlik bor odamning ko‘ngli ham xotirjam holda yashaydi.Chunki, oila bu biz uchun kichik Vatandir. Biz faqat oilamiz bag‘ridagina o‘zimizni baxtiyor his qilamiz.
Tumanimizdagi «Hunarmandlar» mahallasida yashovchi Mamadiyeva Uljamolning 3 nafar farzandi bor. Boquvchisini yo‘qotgan. Uljamol opa oilasida yolg‘iz boquvchi.
Tuman Kengashi deputati Q. Choriyev xonadon vakillari ancha qiynalib yashashayotganiga guvoh bo‘ldi. Shundan so‘ng, deputat bu xonadonga sog‘in sigir olib berdi.
Farzandlarining og‘zi oqqa yetganidan xonadon egalari minnatdor bo‘lishdi.
D. HAQNAZAROV,
Qumqo‘g‘on Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi