AYOLIGA ZO‘ROVONLIK QILGAN SHAXSGA JAZO TAYINLANDI

Xalqimizda Eri xotinning urushi doka ro‘molning qurishi degan mazmunli maqol bor. Buni hamma oilali odamlar yaxshi tushunadi. Maqolni eshitiboq ziyrak tortadi. Janjal chiqarmaslikka intiladi. Davlatimiz surunkali ravishda tazyiq va zo‘rovonlikka uchrayotgan ayollarning huquqlarini himoya qilish maqsadida Himoya orderini joriy etdi. Zarur bo‘lgan chog‘ga jabrlanuvchilarga bir oy muddatga  himoya orderi berilmoqda.

Sho‘rchi tumaniShaldiroq mahallasida yashovchi fuqaro X. R. (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) oilasida xotini bilan surunkali tarzda janjallashib keldi. Xotini A. T. (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) bilan birga yashab, bir nafar farzandni dunyoga keltirishdi. Er-xotin o‘rtasidagi janjalni bartaraf etish hamda ayolning huquqini himoya qilish maqsadida 2022 yil 12 noyabrda unga himoya orderi berildi. Oradan ikki kun o‘tib, ularning orasida yana janjal yuz berdi. 14 noyabr kuni ertalab ular oilaviy masalada bahslashib janljal qilishdi. Nomard er xotiniga himoya orderi berilganligi va kerakli talablarni bajarishi zarurliga qaramasdan yni urib, tan jarohati etkazdi. Huquqbuzar erning bu harakati organ xodimlarining nazaridan chetda qolmadi. Balki ma`muriy huquqbuzarlik ishi sifatida sudda ko‘rib chiqildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shorchi tuman sudi shu tumandagi Oqkamar mahalla fuqarolar yig‘ini binosida ma`muriy huquqbuzarlikka doir hujjatlarni o‘rganib, kerakli qarorni chiqardi. Huquqbuzar er bu gal jazodan chetlab o‘tolmadi. Unga 15 sutkalik qamoq jazosi belgilandi. Qamoq bilan bog‘liq xarajatlar uchun har bir sutkaga bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida pul davlat foidasiga undiriladigan bo‘ldi.

Ahil oila foida topsa, janjalkashlik ziyon keltirishi shu tarzda yuzaga chiqdi.

A. ESHMURATOV,

Sho‘rchi tuman sudi arxivariusi