“Bobolochin”da islohotlar

Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan dasturlar ijrosi Qumqo‘rg‘on tumani “Bobolochin” mahallasida o‘rganildi. Mahallada 2 kilometr ichki yo‘llar toshlanib, ta’mirlangan, 3 kilometr yo‘lni asfaltlash, katta kuchlanishli transformator va 90 ta beton ustunlarni o‘rnatish ishlari davom etmoqda. Shuningdek, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihasi ham amalga oshirilmoqda.

Viloyat rahbari mahalla nuroniylari va faollar bilan suhbatlashdi. Nuroniy otaxonlar davlatimiz tomonidan qishloqlar qiyofasini o‘zgartirish, odamlar uchun qulayliklar yaratish borasida olib borilayotgan ishlardan manmun ekanliklarini bildirishdi.

Mas’ullarga mahalla infratuzilmasini yaxshilash ishlarini izchil davom ettirish, hududni obodonlashtirish, piyodalar yo‘lakchalari qurish, har bir tadbirni sifatli amalga oshirish vazifalari topshirildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati