PIYODALAR OGOH BO‘LING

Fuqarolar, kattalar va kichik yoshdagilar yo‘l harakati qoidalariga qat`iy rioya qilishi kerak. Yo‘l harakati qoidalarida aholining xavfsiz harakatlanishi uchun yetarlicha g‘amxo‘rlik nazarda tutilgan. Ular kichik yoshdaligidanoq yo‘l harakati qoidalariga rioya etishi, svetofor chiroqlarining harakatlanishni tartibga solishdagi o‘rni, piyodalar uchun yurish yo‘laklari qurilganligi, avtomobil yo‘lida piyodalar o‘tishi uchun maxsus chizilgan joylardan yurishi o‘rgatilayapti. Biroq shuncha sa`y-harakatlarga qaramasdan piyodalar tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilayapti. Ko‘gilsiz hodisalar sodir bo‘lmoqda.

Hurmatli piyodalar, siz uchun qurilgan yo‘llarda yuring. Avtomobil yo‘lini kesib o‘tishda svetofor chiroqlariga amal qiling, faqat maxsus yo‘l chiziqlari chizilgan joydan o‘ting. Yo‘l qoidalariga rioya etish umringiz foydasi. O‘zingizga va avtomobil haydovchilariga moddiy va ma`naviy ziyon qilmang.

                                                 Davron CHORIYEV,

Qumqo‘rg‘on tuman MXMKGB  inspektori, katta serjant