Chizmachilik fanining afzalliklari

Chizma chizish murakkab jarayon hisoblanadi, chizuvchidan sabr toqat va qunt bilan ishlashni talab qiladi. Chizmaning sifati chizuvchining qo‘l sezgisiga bog‘liq bo‘ladi. Chizmalarni toza va chiroyli qilib chizishda, asosan, qo‘l sezgisi katta ahamiyatga ega. Chiziladigan bir hil turdagi chiziqlar bir hil yo‘g‘onlikda, bir tekis qilib chizilishi lozim. Insonda qo‘I sezgisi yaxshi rivojlangan bo‘lsa, qo‘liga olgan qalamni qog‘oz ustida mahorat bilan yurgiza oladi. Insonning qo‘l sezgisini tekshirish uchun qalam uchi ingichka qilib chiqariladi (uchlanadi) va chizg‘ich yordamida bir nechta chiziq chizish mashq qilinadi. Shunda chizilgan chiziqlarning ko‘pchiligi bir xil chiqsa, uning qo‘l sezgisi yaxshi rivojlangan hisoblanadi. Ba’zi odamlarning qo‘l sezgisi nisbatan rivojlanmagan bo‘ladi. Ular qalamning uchi ingichka yoki yo‘g ‘onroq uchlangandan qat’iy nazar, qalamni bir xilda bosib chizishadi. Shunda ingichka uchli qalam uchi sinib ketadi, bu yerda, ingichka uchli qalamni ohistalik bilan bosib chizish lozimligiga ahamiyat berilmaydi. Muntazam ravishda ingichka uchli qalam bilan chizishni mashq qilib turish orqali qo‘l harakati sezgisini me’yorlash mumkin. Turli jismoniy mehnat jarayonidan keyin qo‘l sezgisi pasayib ketadi. Bunda chizmalarni chizish bir muncha qiyinlashishini ham hisobga olish tavsiya etiladi. Hayotimizda chizmaning o‘rni juda kattadir.

                                     Qudratova Oygul,

                                                      talaba