Tuman hokimi Anvar Normamatov markaziy dehqon bozorida bo‘ldi

Hozirgi vaqtda xalqimizning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talabi yuqori darajada ortgan. Bunday holatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining tanqisligi va narxlarning keskin ko‘tarilishi tabiiy hol. Shu bois, tuman hokimi Anvar Normamatov tomonidan tumandagi markaziy dehqon bozorida arzonlashtirilgan narxlarda oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkalari tashkil etilgan.

Kuni kecha tumanimiz hokimi markaziy dehqon bozorida tashkil etilgan yarmarkaga bordi va u yerdagi mahsulotlarning narxlari bilan tanishdi. Shuningdek, ba’zi mahsulotlarning (kartoshka va piyoz) narxlari arzonlashtirilgan holda sotilishi belgilandi. Ushbu yaratilgan qulayliklar xalqimizning oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab va ehtiyojlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

                        Tuman hokimligi Axborot xizmati