Tumanimiz g‘allakorlari bu yil 8539 gektar maydonda dehqonchilik qildi. Boshoqli don yetishtirib, mo‘l hosil olish, 21986 tonna shartnnoma rejasini bajarish uchun ilg‘or tajribalar asosida ishladi. Xalqimizning harakatga barakat mazmunidagi dono gapi amalda g‘allakorlarni xursand qildi. Ular agrotexnika tadbirlarini sifatli va yetarlicha bajargani uchun dalalarda rejadagidan ko‘p hosil yetishtirdi. G‘alla qabul qilish shoxobchasiga 24121 tonna don topshirib, davlatga topshirish shartnoma rejasini 109,7 foizga bajardi. Har gektar maydondan o‘rtacha 79 sentnerdan hosil olindi.
Azmu qarori qat`iy tuman g‘allakorlarining qisqa muddatlarda shartnomasini bajarishiga Xo‘jamulki, Kamolot, Qorakulcha hududlari dehqonlari mo‘l hosili bilan munosib hissa qo‘shdi. Bu hosil yilida 245 ta fermer xo‘jaligida g‘alla parvarishlandi. Shundan 159 ta fermer xo‘jaligi shartnoma rejasini bajardi. Ayniqsa, eng yaxshi fermerlar Zulfiqor Bo‘ronov fermer xo‘jaligi shartnomasini 115 foiz, Nasiba Suyunova va Elobod Ziyosi fermer xo‘jaliklari 110 foizdan, Ashur Mamarajab, Mamatqul Jo‘ra o‘g‘li fermer xo‘jaliklari 107 foizdan, Feruz Akmalovich fermer xo‘jaligi 106 foiz, Jasur Qarorov fermer xo‘jaligi 105 foiz bajarishga erishdi.
Tumanda kelgusi yil ekish uchun urug‘lik topshirish shartnomasi ham bajarildi. Hozir o‘rim-yig‘im davom etmoqda.
N. MUHAMMADIYEV