Omonulla Madayev tavalludining 81 yilligi keng nishonlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi 20-son Bolalar musiqa va san’at maktabida O‘zbekiston Respublikasida taniqli adabiyotshunos olim, «Do‘stlik» ordeni sohibi, filologiya fanlar nomzodi, ustoz Omonulla Madayev tavalludining 81 yilligi munosabati bilan » Millatning kelajagi kitobxonda» mavzusida ma’naviy – ma’rifiy xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.Tadbirga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi rahbari N. Rahmatullayeva ishtirok etdi. O‘quvchi yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy sahna chiqishlari namoyish etildi.Tadbir yakunida umumta’lim maktablarining Ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, ijodiy – madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

                                                                                             Sh. Mamadiyev,

                                                 tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi rahbari