PILLAKORLARNING YUTUG‘I

Pilla to‘qimachilik sanoati uchun eng zarur qimmatbaho xom ashyo. Pillaning sifatliligi va chidamliligi, undan tayyorlangan mahsulotlarning chiroyliligi va uzoq muddat foydalanilishi bilan ko‘pchilikning e`tiborini jalb qilgan. Pilla haqida gap bo‘lsa odamlar orziqib, samimiy tabassum qilishi ma`lum. Pillaboqarlar qisqa muddatli mavsumda ipak qurti boqish zahmatini yaxshi biladi.

Bu yil tumanimizda fermer xo‘jaliklari va Qumqo‘rg‘on tuman Agropilla MCHJ kasanachilari pilla yetishtirdi. Ularning faol mehnati bilan tumanning 238 tonnalik xirmoni bunyod etilib, shartnoma rejasi to‘liq bajarildi. N. Mirzayev massividagi Rahmonali Sharifjon fermer xo‘jaligi qabul punktiga 1250 kilogramm pilla topshirib respublikada birinchi bo‘lib topshiriqni bajardi. Xo‘jamulki hududi pillakorlari tumandagi hududlar ichida birinchi bo‘lib davondan oshdi. Aka-ukalar Murtoza Normurod, Murtoza Doniyor, Murtoza Jovli hamda Eshqobil Hojimurod, Shahobiddin Abdujalolovich, Alpomish o‘g‘lonlari, Normat O‘rozali, Ilhombek Rahmon, Fayzi Mamatmurodov, Akmal Mirjalol fermer xo‘jaliklarining ilg‘or pillakorlari tumanning yutug‘iga munosib hissa qo‘shdi.