SIFATSIZ XIZMAT – MANFAATGA ZARAR

Qumqo‘rg‘on tumani iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqarolarning ishonchli hamkori. Ular tuman hududida faoliyat yuritayotgan qulayliklardan erkin ravishda foydalanishi mumkin. Faoliyat ko‘rsatishga ruxsat berilgan sub`ektlar aholiga namunali xizmat ko‘rsatishi kerak. “Gultepa” mahallasida yashovchi SH. B. (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) Baraka savdo majmuasi yonidagi “Redmi” savdo do‘koniga borib telefonini sozlatmoqchi bo‘ldi. Qallob telefon ustasi telefon apparatini sozlashda sifatsiz xizmat ko‘rsatdi.

Telefon egasi 2023 yil 17 fevralda O‘zbekiston Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoniga murojaat qildi. Fuqaroning murojaati xodimlar tomonidan o‘rganildi. Ustaga iste`molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunning mazmun-mohiyati tushuntirilib, telefonni sifatsiz sozlagani uchun fuqaro to‘lagan 150000 so‘m pul undirildi. Bu pul telefon egasiga berildi.

                                                                                     YU. BERDIMURODOV,

Qumqo‘rg‘on tumani iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ijro etuvchi apparati raisi v. v. b

           TELEVIZOR SOZIGA ALMASHTIRILDI

Tumandagi “Hunarmandlar” mahallasida yashovchi A. T. (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) Asl Mir savdo majmuasidagi “Omon-Zamon” MCHJga qarashli “Artel” savdo do‘konidan “Smart” rusumli televizor xarid qildi. Yangi televizor sotib olganidan xursand bo‘ldi. Qurilmani o‘rnatib, teleko‘rsatuvlarni tomosha qilish uchun elektr jihoziga ulaganida quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi. Televizor nosoz ekanligi ma`lum bo‘ldi. Shundan keyin fuqaro Qumqo‘rg‘on tumani iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yordam so‘rab murojaat qildi. Bu tashkilotning 2023 yil 24 fevraldagi buyrug‘i asosida “Artel” savdo do‘konida sotuvchi ishtirokida o‘rganish o‘tkazildi. Televizor shu do‘konda sotilganligi va nosoz chiqqanligi sababli yangisiga almashtirilib berildi.

                                                                                                  B. BURIYEV,

                                                     Qumqo‘rg‘on tumani IHHQJ bosh hisobchisi

                                                                                      U. MARDANAQULOV,

                                    Qumqo‘rg‘on tumani IHHQJ huququy himoya mutaxassisi