REFERENDUM UCHASTKALARI OVOZ BERISHGA SHAY

Mustaqil davlat va jamiyat faoliyatida O‘zbekiston Respublirasining Konstitutsiyasi asosiy qonun hujjati ekanligi fuqarolarga yaxshi ma`lum. Davlat xalq oldidagi majburiyatlarini to‘laqonli his etib ularning huquqlarini, erkinliklarini, manfaatlarini yanada teran ifodalash uchun moddalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritdi.

Yangilanayotgan qomusimizni demokratik tarzda xalq irodasi bilan uyg‘unlashgan holda qabul qilish uchun referendum o‘tkazilishi ziyolilar va jamoatchilikni qiziqtirdi. Natijada keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. Tumanimizda 70 ta referendum uchastkasi tuzildi. Belgilangan manzillarda referendum uchastkasi tarkibi faoliyati tashkil etildi. Zarur jihozlar bilan ta`minlanib ovoz berish jarayonlariga tayyor holga keltirildi. 130657 nafar fuqarolar ro‘yxatga olindi. Ularning yashirin ovoz berishi uchun kabinalar, byulletenlarini solish uchun qutular qo‘yildi. Bemorlarning uyiga borib ovoz berishi uchun ham maxsus qutilar keltirildi.

Fuqarolar o‘zining porloq kelajagi, istiqbolli hayoti, faoliyati, huquqlari va manfaatlarining davlat tomonidan himoya qilinishi uchun ovoz berishadi. Bu ulkan imkoniyatdan foydalanib o‘z xohish-istaklarini erkin ifodalashadi.

                                                                                            N. MUHAMMADIYEV