ADIRDA MEVA-SABZAVOT YETISHTIRAYOTGAN AYOL

Tumanimizdagi “Yuksalish” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida J. Mengliboev ko‘chasi 5 xonadonda yolg‘iz yashovchi keksa pensioner, 1957 yil 25 noyabrda tug‘ilgan Momoxol Islamqulova o‘ziga tegishli bo‘lgan 5 sotix tomarqasiga namunali mehnat qilmoqda. O‘ziga biriktirilgan Qumqo‘rg‘on tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi ijtimoiy xodima Gulchehra Sotiboldieva bilan birgalikda  suvli ekin ekiladigan maydondan taxminan 75-80 metr balandlikdagi adirlik joyga avtomashinada suv tashib  keldi. Tomorqasiga 50 tup mevali, 15 tub manzarali va boshqa ko‘chatlar qadab, ularning orasiga kartoshka, pomidor, bodiring ekib, sug‘ormoqda. Qumqo‘rg‘on tuman dehqon bozoriga tayyor mahsulot yetkazib berishni o‘z oldilariga maqsad qilib ekinlarni parvarishlayapti. Diqqatga so‘zavor joyi shundaki baland adirlik joyda ariqda oqar suv yo‘qligi sababli avtomashinada tashib keldirib, hovuzdan sug‘orib yashil makonni yaratish igna bilan quduq kavlaganday hisoblanadi. Tumanimizda M. Islamqulova va G. Sotiboldievalarday jonkuyar insonlar ko‘paysa yurtimiz bundanda chiroyli bo‘lishiga, gullab-yashnashiga ishonamiz.

                                                                                O. TURMAMATOV,

Qumqo‘rg‘on tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi maishiy inspektori