XALQ QABULXONASIDA HOKIM QABULI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qumqo‘rgon tumanidagi Xalq qabulxonasida tuman hokimi A. Normamatov fuqarolar bilan qabul o‘tkazdi. Tumandagi fuqarolarning xohish-istaklarini tinglab, ularni qiziqtirgan masalalarni hal etishda yordam berdi. Fuqarolarning ishga joylashtirish, moddiy yordam, kredit, subsidiya, tadbirkorlikni rivojlantirish, uy-joy olish, uyini ta`mirlash, davolanish, muhtoj oilalarga maishiy texnika ajratish, “Ayollar davtari”ga ro‘yxatga olish, yoshlar bandligi uchun yer maydoni ajratish kabi masalalarda murojaatlari qayd etildi. Murojaatlar tegishli tashkilotlar ishtirokida hal etilib, kerakli maslahatlar aytildi.