Obod va fayzli mahalla – yurt ko’rki

«Hashar – elga yarashar» degan maqol bejiz aytilmagan.Hasharda xalqimizga xos bag‘rikenglik,o‘zaro hamjihatlik, umumxalq bayrami oldidan mahallalar, ko‘chalar va aholi turar joylarini obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan olib boriladi. Erta tongdan Qumqo‘rg‘on tumanida obodonlashtirish hasharlari boshlandi.Tuman hokimi Anvar Normamatov umumxalq hasharini uyushqoqlik bilan o‘tkazishimiz lozimligini ta’kidlab o‘tdi. Umumxalq hasharida «Do‘stlik» hamda «Neftchilar» mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uy-joylar ta’mirlanib,obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Uyushqoqlik, pokizalik va mehr-oqibat ramzi bo‘lgan hashar xalqimizning ming yillar osha qadrlanib kelinayotgan azaliy udumlaridan biri sanaladi.Yurtimizda turli bayramlar muqaddas sanalar oldidan umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Umumxalq hashari tumanimiz bo‘ylab davom etmoqda.

                                                                 R. Mengziyayeva