G‘OLIBLAR ANIQLANDI

2023-yil 11-aprel kuni Qumqo‘rg‘on tuman Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 33-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma`naviy-ma`rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-son Qarori ijrosini ta`minlash, faoliyati namunali yo‘lga qo‘yilgan umumta`lim maktablarining Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilari ish tajribasini ommalashtirish hamda ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsadida umumta’lim maktablarida faoliyat yuritib  kelayotgan ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar o‘rtasida o‘tkazilgan “Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha eng faol targ‘ibotchi” Respublika tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu baholash tadbirida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat Qumqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi rahbari Sh. Mamadiyev, O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy-uyushmasi a’zosi, shoir, “Janub posboni” gazetasi bosh muharriri J. Anarov, O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy-uyushmasi a’zosi, shoir O‘. Abrayev hamda umumta’lim maktablarining Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilari qatnashdilar. Tanlov olti yo‘nalish bo‘yicha baholab borildi. Tanlov yakuni bo‘yicha I o‘rinni 84-umumta’lim maktabining Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Malikov Halim Samandarovich, II o‘rinni 42-umumta’lim maktabining Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Xolboyeva Bibihojar Bo‘riyevna, III o‘rinni 3-umumta’lim maktabining Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Azizova Oygul Xolovna,  III o‘rinni 1-umumta’lim maktabining Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Holiyarova Madina Avazovna g‘olib deb topildi.

I o‘rinni egallagan 84-umumta’lim maktabining Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Malikov Halim Samandarovich Respublika tanlovining viloyat boqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

                                                   Sh. Mamadiyev,

Ma`naviyat va ma`rifat markazi Qumqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi rahbari