Yo rabki, inoyatingni yor ayla manga,
Yo‘qluqqa hidoyatingni bor ayla manga,
Har kahfi kifoyatingni dor ayla manga,
Har durri inoyating nisor ayla manga.
(Alisher Navoiy)
Yurtimizda kechayotgan shiddatli islohotlar, xalqimiz ezgu maqsad-muddaolarini o‘zida aks ettirgan misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar boy ma’naviy ildizlarimizga tayanadi.
Ma’naviyatimiz asoslarini esa buyuk shoir va mutafakkir bobokalonimiz Alisher Navoiyning bebaho merosidan ayro tasavvur etib bo‘lmaydi.
Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida jahon e’tirof etgan alloma bobomiz tavalludining 582 yilligi keng nishonlanmoqda.
9 fevral – benazir alloma tug‘ilgan kuni munosabati bilan tumandagi Agrotexnologiyalar texnikumida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Alisher Navoiy asarlarini o‘rganish, uning bebaho merosidan yosh avlodni yuksak ma’naviyatli, teran tafakkurli, yuksak ijodiy-intellektual salohiyat sohibi etib kamolga yetkazishda ezgu ishlarni amalga oshirish to‘g‘risida sahna ko‘rinishlari ijro etildi.
B.Eshboyev,
Agrotexnologiyalar texnikumi psixologi