Tuman hokimi Anvar Normamatov ijtimoiy soha obyektlarini ko‘zdan kechirish maqsadida Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 53-sonli umumta’lim maktabiga  bordi

Maktabga o‘rganish davomida anomal sovuq ob-havo sharoitida o‘quvchilarning sinf xonalarda sifatli ta’lim olish imkoniyatini yaratish uchun sinf xonalarning issiqlik harorati va isitish qozonlarining texnik holati ko‘zdan kechirildi. Yuzaga kelgan kamchiliklar bo‘yicha maktab direktori va xodimlarga tegishli topshiriqlar berib o‘tildi.

Shuningdek, tuman rahbari tomonidan maktab muammosiga birinchi darajali masala deb qarash lozimligi, maktab – faqatgina ta`lim beradigan maskan emas, barchamiz uchun yuksak ma`naviyat beshigiga, farzandlarimizni bolalikdan boshlab kasbga o‘rgatuvchi dargohga aylanishi zarurligi ta`kidlandi.

          O‘z muxbirimiz