“Aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat hizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to’siqlarni qisqartirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g`risida” Prezident Farmoni (PF-6191-son 23.03.2021 y.)ning mazmun-mohiyati 2021 yil 1 iyundan quyidagilar eksterritorial tamoyil asosida amalga oshiriladi.
a) 7 ta turdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish:
tug`ilish
nikoh tuzilganligi
nikohdan ajralish
o’lim
ism va familiyani o’zgartirish
otalikni belgilash
farzandlikka olish
Ma’lumot uchun: Hozirda 60 mlndan ziyod FHDYO arhiv hujjatlari to’liq raqamlashtirilgan.
b) nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish
(Ma’lumot uchun: 2020 yilda 594 ming nafar nikohlanuvchi OIV/OITS, psihik, narkologik, teri-tanosil, sil kasalliklari bo’yicha tibbiy ko’rikdan o’tgan).
v) horijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish.
Notarial harakatlarni amalga oshirishda FHDYO bilan bog`liq barcha ma’lumotlar fuqarolardan talab qilinmasdan notariuslar tomonidan elektron tizimi orqali olinadi.
Ma’lumot uchun: nikohda turgan yoki turmaganligi to’g`risida ma’lumotnoma olishni bekor qilinishi natijasida yiliga o’rtacha 230 mingdan ortiq fuqaroni ovora bo’lishining oldi olinadi va ularning 3,5 mlrd so’mdan ortiq mablag`i tejaladi.
Tadbirkorlik sub’ekti bo’lgan yuridik shaxslarning vakiliga davlat hizmatlaridan foydalanish uchun yig`im va davlat bojini naqd pul shaklida to’lashga ruxsat berildi.
Horijiy tijorat tashkilotlarining O’zbekistondagi vakolatxonasi hodimini akkreditasiya qilishda OITS kasalligi yo’qligi to’g`risidagi sertifikatni talab qilish amaliyoti bekor qilindi.
Ma’lumot uchun: 2020 yilda OITSga 3 mlndan ziyod tekshiruv o’tkazilgan va 2 817 ta (0,1 foiz) kasallanish holati aniqlangan, shundan atigi 33 tasi (1,2 foiz) horij fuqarolariga to’g`ri kelgan.
Davlat hizmatlari markazlari orqali hizmatlardan foydalanishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ortiqcha to’langan to’lovlar soddalashtirilgan tartibda 1 ish kuni ichida qaytarishga ruxsat berildi.
Bunda qaytarilgan mablag`lar tegishli tashkilotdan fuqaroni ovora qilmasdan (ishtirokisiz) undirib olinadi.
QR-kod (matrik shtrihli kod) qo’yish orqali berilgan hujjatlar bo’yicha ularning dublikatlarini berish tartibi bekor qilindi.
Endilikda ushbu hujjatlarni YAIDHP orqali cheklanmagan miqdorda bepul olinishi mumkin.
Davlat hizmatlaridan foydalanishni yengillashtirildi.
Bunda 400dan ortiq qonun hujjatida belgilangan 17 turdagi ma’lumot va hujjatlarni aholi hamda tadbirkorlardan talab qilinishi bekor qilindi.
Ushbu hujjatlar vakolatli davlat organi tomonidan “Elektron hukumat” platformasi orqali olish tartibi joriy etiladi. Bular:
– quyidagi faktlarni tasdiqlovchi hujjatlar:
ruhiy kasalliklar bo’yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi;
narkologiya bo’yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi;
sudlanganlik;
manzil-ma’lumot axboroti;
fuqaroning nomida shaxsiy uy-joy mavjud yoki mavjud emasligi;
turar joyning maydoni;
soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi;
soliq to’lovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq hizmati organlarida hisobga qo’yilganligi;
pensiya va nafaqa miqdori;
pensiya va nafaqa oluvchilar ro’yhatida mavjud yoki mavjud emasligi;
nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi;
– quyidagi hujjatlar:
shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati;
tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining ma’lumotnomalari;
mehnat daftarchalari va ularning nusxalari;
ish haqi va ish stajini, oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasasida o’qiganlikni tasdiqlovchi arxiv ma’lumotnomalari (fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida ushbu hujjatni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olish imkoniyati mavjud bo’lmagan hollarda so’rash bundan mustasno);
kadastr hujjatlari va ularning nusxalari.
Ma’lumot uchun: buning natijasida yiligi o’rtacha 1,5 mlndan ortiq fuqaroni ovora bo’lishini oldi olinadi va ularning 22 mlrd so’mdan ortiq mablag`i tejaladi hamda ushbu mablag`lar fuqarolarning o’zida qolishiga erishiladi.
Birgina, ruhiy kasalliklar bo’yicha ma’lumotnoma olish bo’yicha 330 mingta, fuqarolarni pensiya tizimiga hisobga qo’yish bo’yicha 330 mingta, narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi bo’yicha ma’lumotnoma olishda 276 mingta murojaat kelib tushgan va aholi tomonidan 14 mlrd so’m sarflangan.
18 turdagi ma’lumotlarni va hujjatlarni idoralararo integrasiyalashuv platformasidan foydalangan holda “Elektron hukumat” tizimi orqali berish yo’lga qo’yilmoqda. Buning natijasida aholini ortiqcha ovora bo’lishi hamda idorama-idora sarson bo’lib yurishini oldi olinadi.
2021 yil 1 maydan horijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun ariza-anketani va davlat bojini elektron shaklda YAIDHP orqali to’lash imkoniyati yaratiladi.
2021 yil 1 iyundan 16 yoshga to’lgan shaxslarga ID-kartalari berish ularni davlat soliq hizmati organlarida soliq to’lovchi sifatida hisobga qo’yish hamda fuqaroni jamg`arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo’yish bilan bir vaqtning o’zida amalga oshirish joriy etiladi.
2021 yil 1 iyuldan soliq organlarida soliq to’lovchilarning hisobini yuritish jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqamidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Bunda, soliq to’lovchining identifikasiya raqamini berish va fuqaroni jamg`arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo’yish bo’yicha davlat hizmatlarini ko’rsatish bekor qilinadi.
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami barcha davlat, bank, ijtimoiy va boshqa hizmatlarni ko’rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator deb hisoblanishi belgilandi. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxslarni identifikasiya qiladigan alohida raqamlarni yuritish taqiqlanadi.
2021 yil 1 iyulga qadar O’zbekiston fuqarolarining hamda O’zbekistonda yashash guvohnomasiga ega bo’lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning mavjud soliq to’lovchining identifikasiya raqamini ularning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami bilan o’zaro bog`lab chiqadi;
soliq to’lovchining identifikasiya raqami mavjud bo’lmagan fuqarolarni va fuqaroligi bo’lmagan shasslarni jismoniy shassning shaxsiy identifikaxiya raqami orqali soliq to’lovchi sifatida hisobga qo’yadi.
2021 yil 1 iyundan:
Davlat hizmatlari agentligi yuridik shaxslarni (nodavlat notijorat tashkilotlari, banklar va kredit byurolaridan tashqari) davlat ro’yxatidan o’tkazish bo’yicha yagona vakolatli organ deb belgilandi.
Hozirda ro’yxatdan o’tkazishning huquqiy asosiga ega bo’lmagan davlat organlari va tashkilotlarini, yuridik shaxslar birlashmalari, bog`dorchilik-uzumchilik shirkatlari, matlubot, ishlab chiqarish va qishloq ho’jaligi kooperativlari hamda advokatlik tuzilmalarini davlat ro’yxatidan o’tkazish davlat hizmatlari markazlari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.
Jismoniy shaxsning o’limi qayd qilingangan so’ng vakolatli organlarning vazifalari aniq belgilandi. Unga ko’ra:
Ichki ishlar vazirligi – vafot etgan shaxsning fuqarolik pasporti yoki ID-kartasi, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning harakatlanish hujjatlari, haydovchilik guvohnomalari hisobdan chiqarilishini, agar fuqaro qidiruvda bo’lsa, qidiruv va jinoyat-prosessual ishlariga tegishli ma’lumotlar kiritilishini;
Mudofaa vazirligi – vafot etgan shaxs harbiy ro’yxatdan chiqarilishini;
Tashqi ishlar vazirligi – vafot etgan chet el fuqarolari va chet elda doimiy yashovchi fuqaroligi bo’lmagan shaxslar bo’yicha tegishli horijiy davlatga yoki uning O’zbekistondagi vakolatxonasiga habar berilishini;
Sog`liqni saqlash vazirligi – vafot etgan shaxs nogironligi bo’lgan shaxslar ro’yxatidan chiqarilishini;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi – vafot etgan shaxs “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi hisobidan chiqarilishini;
Davlat soliq qo’mitasi – soliq qarzi mavjud bo’lmagan vafot etgan shaxs soliq to’lovchi sifatida ro’yxatdan chiqarilishini;
byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi – vafot etgan shaxsning dafn marosimi uchun bir martalik nafaqa tayinlanishini va unga boshqa turdagi pensiya va nafaqalar hisoblanishi to’xtatilishini;
Davlat hizmatlari agentligi – vafot etgan yakka tartibdagi tadbirkorning Tadbirkorlik sub’ektlarining Yagona davlat reestrida faoliyati tugatilgan maqomiga o’tkazilishini ta’minlashi belgilandi.
2021 yil 1 maydan boshlab FHDYO organlarining ushbu bandda belgilangan organlarga jismoniy shaxsning o’limi qayd qilinganligi haqidagi ma’lumotni taqdim etish majburiyati bekor qilinsin.
2021 yil 1 iyundan:
FHDYO organlari tomonidan davlat statistika organlariga dalolatnoma yozuvlarining nusxalarini yuborish va hisobotlarni topshirish amaliyoti bekor qilinadi. Bunda statistika organlari hisobotlarni real vaqt rejimida onlayn oladi va shakllantiradi;
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari to’g`risidagi ma’lumotlarni Agentlik va davlat hizmatlari markazlaridan so’rash to’xtatiladi. Bunda, mazkur tashkilotlar tadbirkorlik sub’ektlari to’g`risidagi ma’lumotlarni Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yhatidan o’tkazish va hisobga qo’yishning avtomatlashtirilgan tizimidan mustaqil ravishda oladi.
Shohista Abdullayeva,
tuman FHDYO bo`limi mudirasi