O’z hayotimizga O’zimiz ma’sul bo’laylik

Qariyb bir yil avval Koronavirus mamlakatimizga kirib kelgan edi. Ming afsuski, hali ham bu balodan butkul xalos bo’lganimiz yo’q. Yangidan-yangi turlari paydo bo’lib, kuchaysa-kuchayayaptiki, dunyodan yo’q bo’lib ketayotgani yo’q.
Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesusning ma’lum qilishicha, COVID-19 eng yuqumli shtampi aniqlandi. Uning nomi ,,delta-plus” bo’lib, hozirgacha 85 ta mamlakatda qayd etilishi bilan birga, emlanmagan aholi orasida tez tarqalmoqda.
Hindiston tibbiyot fanlari instituti direktori Randip Guliriyaning fikriga ko’ra, virusning ushbu turi yuqishi uchun tashuvchi shaxs shunchaki yoningizdan niqobsiz o’tib ketsa kifoya. Bundan tashqari, shifokorlar va rasmiylar ,,delta-plus” chidamli va immunitet tizimini ,,chetlab o’tish” qobilyatiga ega ekanligidan xavotirda.
 Sokinlik. Biroz muddat sokin bo’ldik. Butkul virusni unutdik. ,,U bo’lmagan, mamlakatimizga kirib kelmagan, yaqinlarimiz kasallanmadi”,- deya bamaylixotir yurdik. Yallo qildik.
Xo’sh, endi nima bo’ladi? Hammasini boshidan boshlaymizmi? Yo’lning oxiriga yetmay, ojiz inson bo’lib bekat boshiga chiqamizmi? Yana o’sha vahima, o’sha kunlik xabarlar, faqat bitta farqi hozir  ,,kovid” so’zidan ko’ra ko’proq ,,vaksina” ni ishlatyapmiz. Vaksina olish kerak deyapmiz-u, qancha odam virusga qarshi emlanyapti? Yoki qanchasi majburan emlanyapti? Bu borada Qumqo’rg’on tumanida vaziyat qanday kechyapti? Degan savollar tug’ilyapti. Javoblarni bilamizmi?
So’nggi  olti oy davomida Qumqo’rg’on tumanida Covid-19 kasalligining paydo bo’lishi va tarqalishining oldini olish maqsadida 35137 ta (bozor, maktab, MTM, ko’p qavatli uylar, davlat idora tashkilotlari, umumiy ovqatlanish maskanlari, savdo majmuasi)  bino hamda  tuman chegara postlarida va shoxbekatda hammasi bo’lib, 2200 ta transport vositalari profilaktik ishlarni amalga oshirish maqsadida dezinfeksiya qilindi.
2021-yil 1-apreldan 4-iyulgacha Qumqo’rg’on tumanida aholini koronavirusga qarshi emlash uch bosqichda amalga oshirildi. Bu ro’yxatga quyidagi shaxslar kiradi:
Birinchi bosqich.
-65 yosh va undan yuqori yoshdagilar;
-tibbiyot hodimlari;
-surunkali kasalligi borlar;
-maktab o’qituvchilari;
-maktabgacha ta’lim muassasa hodimlari;
-18-50 yosh tashkilot va idora ishchilari;
-50-65 yosh;
Jami emlanganlar soni:
Reja: 35787
Bajarildi: 14037,0
Natija: 39,2%
Ikkinchi bosqich:
Jami emlanganlar soni:
Reja: 35787
Bajarildi: 8616,0
Natija: 24,1 %
Uchinchi bosqich:
Jami emlanganlar soni:
Reja: 35787
Bajarildi: 2518,0
Natja: 7,0 %
Ko’rib turganingizdek, borgan sari emlashda pasayish kuzatilgan. Bunga bugungi kunda aholi orasida vaksinaning salbiy ta’sirini tabiiy ravishda vaqtinchalik boshidan kechirganlar ham qisman bo’lsa-da, sabab bo’lmoqda. Ko’pchilikning 2- va 3- marta vaksina olishga bormay qolganiga asosli sababi bo’lishi mumkin. Ammo, insonning sog’lig’idan ham muhimroq nima bo’lishi mumkin. Buni men, mas’uliyatsizlik deb baholayman.
Tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati matbuot kotibining bergan ma’lumotiga ko’ra, raqamlarda keltirilgan aholi uch xil vaksina bo’yicha emlangan.
,,Sputnik V “ – Rossiya davlatida ishlab chiqarilgan bo’lib,  200 dona keltirilgan va ikki bosqichda amalga oshirilgan.
,,Astra Zeneka “¬ – Hindiston davlatida ishlab chiqarilgan bo’lib, 4000 dona keltirilgan va ikki bosqichda amalga oshirilgan.
,,ZF-UZ-VAC 2001” – O’zbekiston-Xitoy Qo’shma hamkorligida ishlab chiqarilgan bo’lib, 24948 dona keltirilgan va uch bosqichda amalga oshirilgan.
Aytish mumkinmi, keksalarimiz yoshlarga qaraganda ancha jasoratli va hayotga kurashuvchan. Misol uchun, To’g’on mahallasida istiqomat qiluvchi 85 yoshli Majiyeva Baxmal momo uch marotaba ,,ZF-UZ-VAC vaksinasi bilan emlandi. ,,…ahvolim yaxshi, men sog’lomman, xavotir olmay, sizlar ham emlaning”,- deydi pari momo o’z so’zida.
Shunday ekan, bugun uchun, erta uchun biz ham harakat qilaylik. O’z sog’lig’imiz uchun, o’zimiz qayg’uraylik, mas’ul bo’laylik va bugundanoq vaksina olaylik. Yashash uchun birgalikda kurashaylik!
Maftuna Toshmamatova
       O’z JOKU talabasi,
                 amaliyotchi