Ta`lim samaradorligi oshirildi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi 3-umumta’lim maktabida Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha viloyat seminari o‘tkazildi. Seminar ishtirokchilari  3-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Mavlanova Shohsanamning taqdimoti bilan tanishishdi.  Ma`ruzachi Sh. Mavlanova  Boshlang‘ich sinflarda ta`lim sifatini oshirishda texnik vositalardan samarali foydalanish, o‘quvchilarda ma`lumotlarni tahlil va talqin qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, boshlang‘ich ta`lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitish metodikasining dolzarb muammolari va ularni hal qilish usullari mavzusida taqdimot qildi.

Davlatimiz rahbarining  “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni umumta’lim maktablari faoliyatini takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy va pedagogik mahoratini, o‘quvchilarning ilm-fan va kasb-hunarga qiziqishini oshirish, oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ushbu seminar-treningda o‘qituvchilar boshlang‘ich  sinflarda ta`lim sifatini oshirishda texnik vositalardan samarali foydalanish  samaradorligini oshirishda yana qanday amaliy yordam kerakligi to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. 

Hamkorlik doirasida tashkil etilgan bunday tadbirlar ta’lim sohasidagi muammolarni о‘rganish, ularni bartaraf etishda juda muhim ahamiyat ega. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta`lim – tarbiya berish, hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Hozirda axborot texnologiyalaridan samarali foydalangan holda ta`lim jarayonini amalga oshirish pedagog xodimlarning ustuvor vazifasi hisoblanadi.