ARIQ HASHAR USULIDA BETONLANMOQDA

Bahor faslida ob-havo qushloq xo‘jaligi ishlarini  bajarish uchun qulay bo‘lmoqda. Dehqonlar va bog‘bonlar yerning obi-tobida bo‘lishidan umumli foydalanib baraka urug‘lari va ko‘chatlarni ekayapti. Shunday quvonchli damlarda sug‘orish tarmoqlarini mavsumga shay holga keltirish sa`y-harakatlari avj oldi. Tumandagi tashkilotlar, qishloq xo‘jaligi tarmoqlari, fermer xo‘jaliklarining faollari hashar usulida ariqni betonlash ishlarini amalga oshirayapti. S. Boymatov hududidagi Eshonariqda suvni tejamkorlik bilan oqizish, isrofgarchilikning oldini olish maqsadida qurilish ishlari bajarilayapti. Keng, suv sig‘imi ko‘p bo‘lgan ariqni betonlash masofasi tashkilotlar va fermerlarga alohida o‘lchab berildi. Ular o‘zlariga berkitilgan masofada betonlash ishlarini bajarayapti. Ustalar hasharda faol qatnashayapti. Shu vaqtgacha ishning bir qismi amalga oshirildi.

                                                                                                                       O‘z muxbirimiz