Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashining oltmish uchinchi  sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugungi sessiya ishida dolzarb bo‘lgan 5 ta masala ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli qarorining ijrosi bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimi o‘rinbosari  Jovli Shopo‘latovning ma`ruzasi tinglandi. Qumqo‘rg‘on tuman mahallalaridagi “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash haqida tuman hokimi o‘rinbosari Normo‘min Allanazarov ma`ruza qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-sonli qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida Qumqo‘rg‘on tumani Xalq qabulxonasi mudirining hisoboti Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasida ko‘rib chiqildi.  Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlar o‘z fikrlarini bildirdilar va muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

                                        Qurbon Chorshanbiyev,

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyat mudiri