2024-yil 1-may kunidan aholi uchun belgilangan elektr energiyasi tariflari

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 apreldagi 204-son qarorining mazmun-mohiyati !

Tabiiy zahiralar hammaning mulki!

Tabiiy zahiralar hammaning mulki: yagona chora uni tejash. Bugun dunyo aholisining to‘rtdan uch qismi ekologik qarzdor.

Siz, Biz nima qila olamiz? Shunchaki ishxona va uydagi elektr zaxiralarini tejang ! Bu aslida umuman qiyin emas. Biroq har birimiz uchun manfaatli ishdir. Qurilma ishlatilmaganda elektr simini tarmoqdan uzing !

Ko‘pchilik elektr tarmog‘iga ulangan qurilmalar qancha elektr energiyasini sarflashini bilmaydi. Masalan, o‘chiq televizorlar, kompyuterlar, zaryadlangan telefonlar. Ular sarflaydigan elektr energiyasi miqdori oz, biroq uzoq muddat ulangan holatda turganda bunday deb bo‘lmaydi.

Kundalik odatlaringizni o‘zgartiring! Energiyani tejash uchun, kerak bo‘lmaganda, chiroqlarni yoki qurilmalarni o‘chiring ! Elektr choynakda faqatgina o‘zingiz uchun zarur bo‘lgan suvni qaynating ! Kompyuteringizda kutib turish funksiyasini faollashtiring ! Konditsioneringizni ishga tushirganingizda, oynalarni yopib quying !

Jahon tashkilotlari hisobotlaridan birida “Agar biz dunyo tabiiy zahiralardan hozirgi darajada foydalanishda davom etsak, kelgusi o‘ttiz yil mobaynida hayotiy ehtiyojlarimizni qondirish uchun yana bir sayyoraga barobar zahira kerak bo‘ladi”, deyilgan edi.

Biz yana bir sayyoraga barobar zahirani to‘play olmaymiz. Ko‘pchilik bo‘lib qila oladigan yagona choramiz uni tejash va asrab-avaylab ishlatishdir.

Ayni shu maqsadda, yurtimizda energoresurslardan oqilona foydalanishni taminlash maqsadida joriy yilning 16 aprelida

“Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son Hukumat qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan energoresurslar bilan bog‘liq bir qator yangiliklar joriy qilinmoqda, xususan:

Maishiy iste’molchilar uchun ijtimoiy me’yorlar belgilandi.

Qaror bilan, 1 maydan boshlab maishiy iste’molchilar (aholi xonadonlari) uchun quyidagicha ijtimoiy (bazaviy) me’yorlar kiritiladi:

elektr energiyasi – oyiga 200 kWh’gacha;

Geografik va iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida isitish mavsumi respublikaning boshqa hududlaridan farqli ravishda oktabr–fevral oylari deb belgilandi.

2024 yil 1 maydan yangi tariflar kuchga kiradi

Elektr energiyasi uchun

Maishiy iste’molchilar uchun tariflar (1 kWh uchun, oyiga):

— 200 kWh’gacha – 450 so‘m (hozirda 295 so‘m);

— 201 kWh’dan 1000 kWh’gacha – 900 so‘m;

— 1001 kWh’dan 5000 kWh’gacha – 1350 so‘m;

— 5001 kWh’dan 10 000 kWh’gacha – 1575 so‘m;

— 10 001 kWh’dan keyin – 1800 so‘m.

Ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy iste’molchilar belgilangan tariflarning 50 foizi miqdorida to‘lashda davom etadi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra bitta xonadonda 11 turdagi elektr jihozlari ishlatilganida bir oyda o‘rtacha 180 kWh energiya sarflanadi.

Bandixon tumani Adliya bo’limi Yuridik xizmat ko’rsatish markazi.