KAM TA’MINLANGAN FUQAROLARNI ISH BILAN TA’MINLAGANTADBIRKORLARGA QANDAY IMTIYOZLAR BERILADI

Soliq kodeksiga tadbirkorlik subyektlariga ular yaratgan yangi ish o‘rinlari soniga qarab tegishli soliqlarni muayyan muddatlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilishini, shuningdek yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaхslardan olinadigan yer solig‘i pasaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘lanishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritildi.

 Soliq kodeksining 482-moddasi quyidagilar  bilan to‘ldirildi:

 51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda – uch oygacha;

 101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda – olti oygacha;

 200 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratilganda – o‘n ikki oygacha.

Bunda soliqlar bo‘yicha bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati mol-mulk garovi, kafillik yoхud bank kafolati ta’minotisiz, shuningdek moliyaviy holat tahlil qilinmagan holda beriladi.

  Mazkur imtiyozlar ular bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga rioya etgan taqdirda beriladi:

 «Ijtimoiy himoyaning yagona reestri»ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinganda va kamida bir yil davomida ularga har oyda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravari miqdoridan kam bo‘lmagan ish haqi to‘langan holda, ularning bandligi ta’minlanganda;

ushbu fuqarolar jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etganda.

                                                                                Sirojiddin Menglimuradov,

   Qumqo‘rg‘on tuman Adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi yetakchi mutaxassisi