AYOLGA EHTIROM

Deydilarki bu olam ichra,

                 Qolsa hamki bir dona ayol.

                 Zargar zoti kunduz-u kecha,

                 Bezagini etarmish xayol.

                        Beshik emas dunyo tebratsa,

                        Qo‘llarini o‘psak bo‘lar oz.

                        Oyoqlari ostida ekan,

                       Jannat degan eng oliy e`zoz.

Ayollarni, qizlarni bahorga qiyoslashadi. Bahorni esa ularga. Go‘zallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tuchunchasiga uyg‘unlashib ketadi. 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami go‘zal va betakror yurtimizga bahor fasli kirib kelganidan darak beradi. Ayol deganda eng avvalo ko‘z o‘ngimizda ulug‘ va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Onani e`zozlash – bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan fazilatdir.

 Qumqo‘rg‘on tumani Maktabgacha va maktab ta`limi bo‘limi tasarrufidagi 5-maktabning 1-“g” sinf o‘quvchilari tomonidan 8-mart bayrami munosabati bilan “Ayolga ehtirom” deb nomlangan tadbir o‘tkazdi. O‘quvchilar she`rlar, hikmatli so‘zlar aytib, raqslar namoyish etdi.

                                                            Nilufar SADAYEVA,

                    5-maktabning  boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi