Sabr ortidagi mo‘jiza

Qosim  Lolani bo‘lar bo‘lmas so‘zlar bilan rashk qilib holi joniga qo‘ymas edi. Chunki, Qosim Lolani ketolmaydi, ajrashib ketsa odamlar Lolani rahbar bo‘lganligi sababli ajrashib ketdi deb aytishlari aniq edi.

Bir kuni Qosim Lolaning ota-onasini mashinasida mindirib kelib qizingiz rahbar bo‘lib mening gap so‘zlarimga kirmay qolgan, shu sababdan uning rahbar bo‘lib ishlashini istamayman deb shart qo‘ydi.  Lolaning otasi kuyovining gaplaridan so‘ng  Lolaga rahbar bo‘lib ishlamasligini, oilasining tinchligini o‘ylashini tushuntirdi. Bu gaplarga Lolaning onasi ham qo‘shildi. Ko‘za kunda emas, kunida sinadi degan naql bejizga aytilmagan. Har narsaning chegarasi borligini, oxiri borligini, sabr  kosasi to‘lganini aytib Lola o‘n yildan buyon Qosim shu OITS kasalligiga chalinganligini aytdi va ota-onasiga vrachlarning qo‘ygan tashxis qog‘ozlarini ko‘rsatdi. Lolaning ota-onasi bu gaplarni eshitib tushkun holatga tushib qoldi. Lola ota-onasiga o‘zi hamda farzandlari sog‘lom ekanliklarini aytdi. Lola o‘n yildan buyon bu haqda hech kimga aytmay bir tom tagida boshqa-boshqa xonada birga yashab kelayotganini, farzandlarining yetimlikda katta bo‘lmasligini o‘ylab sirini yashirib kelgandi. O‘sha kuniyoq Lolaning ota-onasi haqiqatni bilib Lolani o‘z ota uyiga farzandlari bilan birga olib ketdi. Qishloqda yomon gap tez tarqaladi deyishgan. Ba`zilar Lolaning oilasining buzilishiga Lolani aybdor deb topishdi. O‘n yil Lolaning umri azobda o‘tdi. Ajrashgandan keyin ham Qosim Lolani tinch yashashga qo‘ymadi. Ta`qib qildi. Har xil bo‘xton gaplar tarqatdi. Ajrim sudida ham Qosim aybini tan olmadi. Sudda Lolaga qarata aytilgan  Sen rahbar bo‘lib oilangni, eringni mensimay qolgansan degan gapi juda og‘ir botdi. Oxiri Lola sudga Qosimning kasallik tashxisini ko‘rsatishga majbur bo‘ldi. Lola ajrimdan keyin g‘avg‘olardan qochib shahardan ijaraga  uy oldi. Shahardan ancha olis bo‘lsa ham qishlog‘iga qatnab ishlay boshladi. Oyning o‘n beshi yorug‘, o‘n beshi qorong‘u deganlariday  Lola uchun ham yorug‘ kunlar boshlandi. Lola ajrimda hech narsaga davo qilmadi. O‘zi mehnat qilib qurgan uyini ham tashlab chiqib ketdi. Qosim Lolaning hamda farzandlarining kiyimlarini hovliga chiqarib yoqib yubordi.

Kecha-yu kunduz mehnat qilib, farzandlariga ham ota, ham    ona bo‘lib katta qildi. Lola ikkala o‘glini ham oliy ma`lumotli qildi. Hech kimdan kam qilmay voyaga yetkazdi. Lola o‘gillarining o‘qish vaqtida qiynalmasligi uchun viloyat markazidan uy oldi. Bitta oila boshi erkak ro‘zg‘ori uchun nima qilsa, Lola ham qo‘lidan kelgan barcha imkoniyatni qildi. Lolaning katta o‘g‘li  Jalol (ismi o‘zgartirilgan) o‘qishni tamomlab  ishga joylashdi. Avval Lolaning farzandlari kichkina bo‘lganligi sababli onasi bilan otasining ajrim sabablariga tushunmas edi.  Endi ular voyaga yetib ulg‘ayishdi. Onasiga qanchalar qiyin bo‘lganini his qilishdi. Jalolga oqila qiz topishdi hamda fotiha qilishdi.

 Qosimning qismati

Qosim ancha vaqt o‘ziga kela olmay yurdi. Farzandlari bilan ko‘chada ko‘rishganda onasini yomon otliq qilishga, aybdor qilishga ko‘p harakat qildi. Qishloqda ham xotini haqida fisqu fasod qilishdan to‘xtamadi. Haqiqat egiladi, bukiladi ammo sinmaydi. Hayot sinovlarga boy. Odamlar ham Lolaning aybsiz ekanligini ko‘p o‘tmay tushunib yetishdi. Qosim ham o‘ziga o‘xshab OITS kasalligiga chalingan ayol bilan taqdirini bog‘ladi. Birin ketin ikki nafar farzandli bo‘lishdi. Biroq ikkala farzandida ham OITS kasalligi borligi aniqlandi. Qosim ham oilasining vaqtida qadriga yetganida bu azobli kunlarda yashamas edi. Lolaning ham metindek irodasini faqat kino orqali ko‘rganmiz. Haqiqiy hayotda deyarli uchratmaganmiz. Lolaning keying hayot yo‘lida baxtli hayot doim hamroh bo‘lishini tilab qolamiz…

                     Tamom.Rayhon MENGZIYAYEVA