AHOLINING SOG‘LOMOVQATLANISHI

Respublikamizda sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport sohalarini isloh qilish tog‘risida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda ushbu tizimlarni takomillashtirish barobarida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida ahamiyat qaratilmoqda. Jumladan, 2025 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, 2022 yilga qadar yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish ifodalangan konsepsiyalar hamda sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tuzilib, tasdiqlandi. Belgilangan vazifalarni ijro etish topshirildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma`lumotiga ko‘ra, jismoniy faollik hamda ovqatlanish me`yor va qoidalariga amal qilmaslik, tarkibida tuz, qand, yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan taom va shirinliklarni me`yoridan ortiq iste`mol qilish, shuningdek yetarli darajada vitamin va minerallar iste`mol qilmaslik oqibatida yoshlarda ratsional o‘sish va aqliy rivojlanishda ortda qolish, kattalarda esa yurak qon-tomir, endokrin, xavfli o‘sma kabi insonning erta o‘limiga olib keluvchi qator kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga, koronavirus pandemiyasi oqibatlaridan olingan saboqlar kasallikning og‘irligi va o‘lim holatlarining katta qismi noto‘g‘ri turmush tarzi tufayli kelib chiqadigan yo‘ldosh kasalliklar bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatdi.

Aholining sog‘lom ovqatlanishi va jismoniy faolligini ta`minlashda davlat siyosatini yanada mustahkamlash, yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, har bir fuqaroda sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik madaniyatini shakllantirish maqsadida quyidagi ishlar bajariladi. 1. Aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha  tartib o‘rnatilgan, unga ko‘ra, a) 2021 yil 1 iyundan boshlab: 6 – 23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutrient kukuni bilan; 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar «A» vitamini bilan; 2 – 10 yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar bilan bepul ta’minlanishi; b) 2022 yil 1 iyuldan boshlab: homilador va bola emizuvchi ayollar hamda  3 – 15 yoshdagi bolalar yod preparati bilan, 35 yoshgacha  tug‘ish yoshidagi ayollar temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul ta`minlanishi topshirilgan; v) 2021 yil 1 apreldan boshlab birinchi nav bug‘doy uni bilan bir qatorda oliy nav bug‘doy uni mikronutrientlar bilan boyitilgan taqdirda respublika hududida realizatsiya qilishga ruxsat etilgan.

3. Bolalarning 5 yoshgacha bo‘lgan davrda optimal rivojlanishi va o‘sishini ta`minlash maqsadida nazarda tutulgan patronajning universal-progressiv modeli 2022 yil 1 yanvarga qadar bosqichma-bosqich joriy etilishi belgilangan. Homilador va tug‘ruqdan keyingi davrdagi ayollar hamda 5 yoshgacha bolalari mavjud oilalar uchun amaldagi shtatlar doirasida alohida patronaj hamshirasi biriktirildi.

                                                                      X. TOG‘AYEV,

Qumqo‘rg‘on tuman SEO va JS bo‘limi sanitariya vrachi