NAMUNALI DARS – O‘QITUVCHINING ZIYNATI

Bozor iqtisodi sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlari mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘illanib, doimiy ravishda boshqa xo‘jaliklar bilan moliyaviy munosabatda bo‘ladi. Bu ishlab chiqarishni uzluksiz amalga oshirish, mahsulotlarni o‘z vaqtida jo‘natish va sotish jarayonlarini ta`minlash kerak. O‘zaro munosabatlar shartmoma tuzib amalga oshiriladi.

 Sotuvchi va xaridor xo‘jalik yurituvchi subyektlar majburiyatlari va vazifalarini shu hujjat asosida belgilab oladi. To‘lov belgilanib, pul o‘tkazilgach, ish va xizmat bajariladi. Xo‘jalik boshqa tashkilotlat bilan o‘zaro to‘lov jarayonlarini naqd pullik yoki naqd pulsiz, ya`ni pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiradi. Bunda to‘lov oluvchining bankdagi hisobraqamiga o‘tkaziladi.

Respublikamizda bank tizimi Markaziy bank va tijorat banklaridan iborat. Mijozlar erkin ravishda o‘zlari tanlagan bir yoki bir necha banklarda hisobraqamlari ochishi mumkin. Xo‘jalik subyektlari faoliyat turlarini kengaytirish uchun bank krediti olishga sharoit yaratilgan. Kredit shartnomasi asosida kredit beriladi. Xo‘jalik o‘z mablag‘lari hisobini, bank munosabatlarini buxgalteriya hisobi orqali nazorat qiladi. Bu ish bir qator vazifalarni bajarishni taqozo qiladi. Xo‘jalik faoliyatida kassa operatsiyalarini hisobga olish ham muhim. Bunda ma`lum talablarni bajarish kerak.

Qumqo‘rg‘on Agrotexnologiyalari texnikumida o‘quvchilarga xo‘jalik subyektlari faoliyatini amalga oshirishda qo‘llaniladigan bilimlar o‘rgatilayapti.

Men “Pul mablag‘lari va kredit muammolarining hisobi” mavzusida bir juftlik ochiq dars ishlanmasini tayyorladim. Darsni noan`anaviy texnologiyalar asosida tashkil etdim. O‘quvchilarning chuqur bilim o‘rganishi uchun interfol usullar, guruhlarda ishlash, aqliy hujum va boshqa usullardan foydalandim. O‘quvchilarga yangi mavzuni o‘rgatgach, matnni alohida qismlarga bo‘lgan holda o‘qitish va so‘zlab berish usulini qo‘llash mavzuning tushunarli bo‘lishi va sifatli kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi. O‘quvchilarning darsda faol ishtirik etishi uchun “Yelpig‘ich” texnologiylarini qo‘llash ham o‘qutuvchining yutug‘i hisoblanadi.

Bu dars ishlanmasini ommaviylashtirib, darslar samaradorligi ta`minlanadi.

Tahririyatdan: O`qituvchi B. Xudayarov pedogogik mahoratini oshirishda quvonarli natijalarni qo‘lga kiritayapti. U 2024 yil 27 fevralda “ Modern Scince and Reseach” xalqaro ilmiy jurnalda nashr etilgan “ Zamonaviy ta`lim tizimida raqamli texnologiyalarning o‘rni va afzalliklari” mavzusidagi ilmiy maqolasi uchun mualliflik guvohnomasi va diplom bilan taqdirlandi.

     Bahriddin XUDAYAROV,

Qumqo‘rg‘on Agrotexnologiyalari texnikumi Buxgalteriya hisobi fani o‘qituvchisi