“Inson” Ijtimoiy xizmatlar markazi binosi foydalanishga topshirildi

Tuman hokimi A. Normamatov, sektor rahbarlari, nuroniylar va tuman faollari ishtirokida tuman “Inson” Ijtimoiy xizmatlar markazining binosi foydalanishga topshirildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj vakillariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va ularning ijtimoiylashuvi yo‘nalishidagi islohotlarga alohida urg‘u berib o‘tildi. Jumladan, tuman hokimi A. Normamatov markazda yo‘lga qo‘yilgan xizmatlar turlari, ushbu xizmatlarning ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar hayotida tutgan o‘rni haqida so‘z yuritdi.

Bugungi kunda tumanda  6038 nafardan   ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar, qariyb  38  nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar istiqomat qiladi.

Bu fuqarolarga avvallari turli vazirliklar tizimida tarqoq holda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatib kelingan bo‘lsa, endilikda boshqaruvning eng quyi bo‘g‘imi – mahalla darajasida professional ijtimoiy xizmat yo‘lga qo‘yilmoqda.

Binobarin, Qumqo‘rg‘on  tumanida bugun foydalanishga topshirilgan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi hamda mahallalardagi ijtimoiy xodimlar tomonidan 25 turga yaqin  ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatiladi. Tadbirda so‘z olganlar, Yangi O‘zbekistonda inson qadri ulug‘lanib, xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilayotgani, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari esa ushbu xalqchil tamoyilning hayotga keng tatbiq etilishida yetakchi bo‘lishini ta`kidladilar.

Markazda xodimlar va fuqarolar, xususan nogironligi bo‘lganlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.