XALQ XIZMATIDAGI XIZMATLAR

Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida yurtimizda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi izchillik bilan takomillashtirilmoqda va modernizatsiya qilinmoqda. Bunda xalq og‘irini yengil qilish, ularga davlat-fuqaro munosabatlarida qulaylik yaratish va shaffoflikni ta`minlash maqsadida davlat rahbari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning yangi konsepsiyasi ilgari surildi. Bu esa o‘z-o‘zidan aholining hayot sifati, investitsiya iqlimi, ishchanlik muhitini yangilash va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga imkon beradi.

Davlat xizmatlarining har bir turi bo‘yicha “Fuqarolqr emas hujjatlar harakatlanadi” tamoili asosida davlat xizmatlari ko‘rsatish mexanizmining shakillantirilishi ortiqcha keraksiz hujjatlar yig‘ishni bartaraf etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son  Farmoniga ko‘ra, 2022 yil 20 apreldan davlat xizmatlari markazlarida kompozit xizmat yo‘lga qo‘yilgan.

Kompozit xizmat – bu fuqaroning bitta so‘rovi asosida o‘zaro bog‘liq davlat xizmatlarini taqdim etishdir.

O‘zbekistonda hozirgi kunda quyidagi kompazit xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga yangi ulangan iste`molchilarga ta`minot shartnomasi bilan bir vaqtda abonentning shaxsiy raqamini taqdim etish.

Noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o`tkazish.

Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish.

FHDYO bo‘limlarida tug‘ulganlik haqida guvohnoma berish bilan birga maktabgacha ta`lim tashkilotiga navbatga qo‘yish.

Bundan tashqari yuqoridagi farmonga ko‘ra proaktiv xizmat ko‘rsatish ham yo‘lga qo‘yilgan.

Proaktiv xizmat bu davlat organlarining o‘z tashabbusi bilan fuqarolarga muayyan vaziyatda kerakli xizmatdan foydalanishni taklif qilishni nazarda tutuvchi davlat xizmatlaridir.

Hozirgi kunda mamlakatimizda “proaktiv shakl”da nafaqa tayinlash — ya`ni qonunchilik hujjatlariga muvofiq nafaqa olish huquqi paydo bo‘lgan shaxsga uning biror bir shakldagi murojaati talab etilmaydigan, inson omilisiz vakolatli organ tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda axborot tizimlari orqali xizmat ko‘rsatish va nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi va parvarishlash nafaqasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan vakolatli organning axborot tizimiga yuborilgan elektron ma`lumotlar asosida “proaktiv shakl”da tayinlanmoqda.

Bugungi kunda turli byurokratik to‘siqlarning oldini olish, korrupsion holatlarga barham berish, xalqimizning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini oqlash maqsadida yuqoridagi xizmatlar ko‘lamini ko‘paytirsh, hujjatlarni soddalashtirish va shaffoflikni ta`minlash Davlat xizmatlarining  asosiy maqsadiga aylangan.

                                             Oyjamol XASANOVA,

Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi  bosh mutaxassisi