OTALAR YIG‘ILISHI

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangiyer” mahallasida joylashgan 7-sonli umumta’lim maktabida otalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimi Anvar Normamatov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Baxtiyor Turdiyev hamda maktab o‘quvchilarining otalari ishtirok etdi.

Uchrashuvda tuman hokimi tomonidan yurtboshimizning yoshlarga qaratayotgan e’tiborlari va yaratilgan imkoniyatlardan yoshlarimiz to‘g‘ri foydalanishi zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

Uchrashuvga taklif etilgan otalar farzand tarbiyasida ota-onalar va o‘qituvchilar o‘rtasida ishonchli munosabatlarni o‘rnatish, ularning muammolarini bir-biri bilan bo‘lishish va birgalikda hal qilish, farzand tarbiyasida otalarning o‘rni va ahamiyatini yanada oshirishni tizimli yo‘lga qo‘yish zarurligi bo‘yicha fikr, mulohazalar bildirishdi.