Sayyor sud

Qumqo‘rg‘on tumanida Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi raisi Begzod Tagayev rahbarligida sayyor sud bo‘lib o‘tdi.

Unda Qumqo‘rg‘on tumani prokurori o‘rinbosari K.To‘raqulov, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, JXX boshlig‘i, kapitan Sh.Aziziberdiyev hamda tuman IIB JXX Probatsiya guruhi katta inspektori kapitan A.Qosimov va keng jamoatchilik vakillari hamda probatsiya guruhi nazorati ostida bo‘lgan shaxslar ishtirok etdi.

O‘tkazilgan sayyor sud jarayonida o‘rnatilgan ta’qiq va cheklashlarga amal qilib, sodir etgan jinoyatidan pushaymon bo‘lgan hamda tuzalish yo‘liga o‘tgan 3 nafar nazorat ostidagi shaxslarning o‘talmay qolgan jazo muddatlaridan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.

Shuningdek, sayyor sud davomida bir nafar shaxsga nisbatan jazo o‘tashning tartib qoidalariga rioya qilmagani sababli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Bu kabi tadbirlar kelgusida bilib bilmay jinoyat sodir etgan shaxslarning kayfiyatiga ijobiy ta’sir qilib takroriy jinoyatlar sodir etishlarini oldini olishga xizmat qiladi.