BЕFARQLIK KATTA DUSHMAN

O‘zimizni, yaqinlarimizni va uy-joylarimizni yong‘in ofatidan saqlash ham xavfsizlikning ajralmas bir qismidir. Bu esa hamisha va hamma yerda mas`uliyatli bo‘lishni talab etadi. Chunki ehtiyotsizlik yoki boshqa biror sabab bilan kelib chiqqan yong‘in oqibatida uy yoki ishxona, u yerlardagi moddiy boyliklar chin ma`noda yonib kulga aylanishi hech gapmas. Eng achinarlisi esa -shu o‘t balosi sababli insonlar hayoti ham zavol topishi mumkin. Yong‘inlarning aksariyati fuqarolarning yashash joylarida yuz berayotganligini alohida ta’kidlash lozim. Zero, gazli yoki elektr isitish asboblaridan noto‘g‘ri foydalanish, ularni o‘z bilganicha tuzatish qarovsiz qoldirish befarqlik, umuman, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik holatlari ko‘pincha aholi turar joylarida uchraydi. Kishilarimiz aksariyat hollarda shu kabi arzimas tuyulgan xavfsizlik qoidalarini bilishadi, ammo e’tibor qilishmaydi. Ayrimlar hatto ko‘ra-bila turib qoidalarni buzishadi, go‘yoki bu ularga taalluqli emasdek qarashadi. Oqibatda esa yong‘in sodir bo‘lib, katta zarar keltirishi mumkin. Shu o‘rinda bir narsani ta’kidlashni istardik. har bir shaxs jamiyatning bir bo‘lagi sifatida butun xalqning xavfsizligini o‘ylar ekan, shu bilan hammamiz uchun qayg‘urayotgan bo‘ladi. Shunday ekan, uyda, ishxonada jamoat joylarida yong‘in xavfini keltirib chiqarish mumkin bo‘lgan vaziyatlarning oldini olishga harakat qilaylik.

                                                                   A. Toshtemirov,           Bandixon tumani FVB boshlig‘i o‘rinbosari, kapitan