OLTMISH TO‘QQIZINCHISESSIYA O‘TKAZILDI

Tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining olmish to‘qqizinchi sessiyasi bo‘ldi. Kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqildi. Qumqo‘rg‘on tumani saylov komissiyasi raisi O‘rol Xoliqov tuman Kengashining bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga o‘tkazilgan saylov yuzasidan axborot berdi.

Qumq‘rg‘on tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Ilhom Jalilov tumanning 2024 yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash haqidagi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qumqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi bosh hisobchisi Mustafaqul Jaysinov tumandagi kam ta`minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga tushgan mablag‘larning sarflanishi to‘g‘risida ma`ruza qildi. Detutatlar Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashiga saylov o‘tkazuvchi tuman saylov komissiyasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘isidagi masalani ham ko‘rib chiqdi. Ularni qiziqtirgan savollarga javoblar aytildi. Kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.