IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Yoshlarning  tadbirkorlik  faoliyatini  qo‘llab-quvvatlash  va  bandligiga  ko‘maklashish,  ularni  ijtimoiy  himoya  qilish  hamda  bo‘sh  vaqtini mazmunli  tashkil  etishga  oid  qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”  2021-yil  20-apreldagi  PF-6208-son Farmoni ijrosini ta`minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasi qaror qilgan. Shunga asosan “Mehribonlik”  uylari,  Bolalar  shaharchalari  va  oilaviy  bolalar  uylarida  tarbiyalangan  yoshlar, shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ularning davlat va nodavlat ta`lim tashkilotlarida avtomototransport  vositalari  haydovchilarini  tayyorlash  o‘quv  kursining  bazaviy  hisoblash miqdorining 4 baravarigacha bo‘lgan qismini qoplab berish; “Mehribonlik”  uylari,  Bolalar  shaharchalari  va  oilaviy  bolalar  uylarida  tarbiyalangan  yoshlar, shuningdek,  “Ijtimoiy  himoya  yagona  reyestri”ga  kiritilgan  oilalarning  “Yoshlar  daftari”ga  kiritilgan farzandlariga  ularning  safarbarlik  chaqiruvi  rezervidagi  xizmatni  o‘tash  badalini  to‘liq  miqdorda qoplash  uchun  subsidiya  ajratish; “Yoshlar  daftari”  ro‘yxatida  mavjud  bo‘lgan  yoki  bandligi  ta`minlangani  sababli  undan chiqarilgan, xususiy tashkilotga ishga qabul qilinganiga 6 oydan oshmagan yosh xodimlarni kasbga qayta  tayyorlash  kurslarida  o‘qitish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  xarajatlarning  50  foizi,  biroq  bazaviy hisoblash  miqdorining  4  baravarigacha  bo‘lgan  qismi  mazkur  xususiy  tashkilotga  kompensatsiya qilinishini  nazarda  tutuvchi  Xususiy  tashkilotlarga  ishga  qabul  qilingan,  “Yoshlar  daftari”ga  kiritilgan yoshlarni  kasbga  qayta  tayyorlash  kurslarida  o‘qitish  xarajatlarini  kompensatsiya  qilish; ularning  xorijiy  tillar  va  umumta`lim  fanlari  bo‘yicha  nodavlat ta’lim  tashkilotlarida  o‘qish  xarajatlarining  bir  qismini  hamda  ular  bo‘yicha  milliy  sertifikatlar  olish uchun  o‘tkaziladigan  imtihonlarni  topshirish  xarajatlarini  qoplab  berish  bo‘yicha  davlat  xizmatini ko‘rsatish; Professional  ta`lim tashkilotlarida  tahsil  olayotgan,  “Yoshlar  daftari”ga  kiritilgan  o‘quvchi  yoshlarga  ishlab  chiqarish  va xizmat  ko‘rsatish  korxonalarida  ishlab  chiqarish  amaliyoti  davri  uchun  subsidiya  ajratish; “Bir  million  dasturchi”  loyihasi  doirasida  o‘quv  kurslarini  muvaffaqiyatli  tugatgan  yoshlarga, shuningdek,  IT-park  rezidentining  o‘quvchisi  yoki  bitiruvchisi  bo‘lgan  yoshlarga  iste`mol  krediti orqali  kompyuter  xarid  qilish  uchun  kafillik  berish  hamda  mazkur  kreditlarning  foiz  to‘lovlarini kompensatsiya qilishning ma`muriy reglamenti ilovalarga muvofiq tasdiqlangan.

                                                                                                                         Elyor ZOIROV,

                              Jarqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi mutaxassisi

 XALQARO IMTIHON TIZIMLARI BO‘YICHA YUQORI

 BALL (DARAJA) TO‘PLAGAN YOSHLARGA IMTIHON

 TOPSHIRISH XARAJATLARINI TO‘LIQ QOPLAB

                         BERISH TARTIBI

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar Mahkamasi  xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qaror qilgan.

Xalqaro  imtihon  tizimlari  bo‘yicha  yuqori  ball (daraja)  to‘plagan  yoshlarga  imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish, ariza berish va uni ko‘rib chiqishni, kompensatsiya pulini to‘lashni nazarda tutuvchi  Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon  topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berishning ma`muriy reglamenti; Imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan xalqaro imtihon tizimlari ro‘yxati  tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi ushbu qarorga   ko‘rsatilgan imtihon turlaridan yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab beradi;  davlat  xizmatini  ko‘rsatish  uchun  zarur  hujjatlar  va  boshqa  hujjatlarning  namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini ta`minlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (keyingi o‘rinlarda —  Davlat  xizmatlari  agentligi)  bilan kelishgan holda tasdiqladi.

Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda O‘zbekiston  Respublikasi  Yagona  interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda —  YIDXP)  elektron  davlat  xizmatini  joriy  qilish bo‘yicha texnik hujjatni ishlab chish, kelishish va tasdiqlashni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bajarish topshirilgan.

         Qarorda  AT “Xalq banki”, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlari vazirligiga ham bajarilishi zarur vazifalar belgilab berilgan.

                                                                                                                Munira XODJIYEVA,

                 Jarqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi

  SPORTCHILARGA SPORT UNVONLARI VA SPORT

             RAZRYADLARINI BERISH TARTIBI

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 –  2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi“ amalga oshirilmoqda. Natijada  sport turlari bo‘yicha sport unvonlari va sport razryadlarini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat xizmatlari markazi orqali ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yildi. Sport unvonlari va sport razryadlarini olish uchun ariza hamda hujjatlarni yuborish, ko‘rib chiqish va guvohnomani berish, sport  unvonlari  va  sport  razryadlarining  amal  qilish  muddatini  belgilash  hamda  qayta rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yildi. Sportchilarga sport unvonlari va sport razryadlarini berish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish  uchun  davlat  xizmatlari  markazlari  yoki  YIDXP  orqali  ariza  berish  hamda  16  yoshga to‘lmagan ariza beruvchilar uchun YIDXP orqali ularning ota-onasi yoki qonuniy vakili tomonidan ariza berish imkoniyati yaratildi.

Yagona sport tasnifi (keyingi o‘rinlarda – YST) – sport turlari reyestriga kiritilgan sport turlari bo‘yicha tegishli sport unvonlari va sport razryadlarini berish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan normalar hamda talablar, shuningdek, ularni bajarish shartlari:

sportchi – tanlagan sport turi yoki turlari bilan muntazam shug‘ullanadigan, o‘zining sport mahoratini doimiy oshirib boradigan va sport tadbirlarida qatnashadigan jismoniy shaxs;

sport musobaqasi  – sportchilar o‘rtasida yoki sportchilar jamoalari o‘rtasida sport turlari bo‘yicha musobaqaning eng yaxshi ishtirokchisini aniqlash maqsadida jismoniy  tarbiya  yoki  sport tadbirining tashkilotchisi tomonidan o‘tkaziladigan bellashuv;

sport turi – jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyat turi;

sport tadbirlari – sport musobaqalarini, o‘quv-mashq jarayonini va sportchilar ishtirokida sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha boshqa tadbirlarni o‘z ichiga oladigan jarayonlar;

         Reglamentga muvofiq ariza beruvchiga: a) sport unvonlari: Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi; O‘zbekiston sport ustasi yoki O‘zbekiston grossmeysteri; b) sport razryadlari: O‘zbekiston sport ustaligiga yoki O‘zbekiston grossmeysterligiga nomzod; birinchi sport razryadi; ikkinchi sport razryadi; uchinchi sport razryadi; o‘smirlar uchun birinchi sport razryadi; o‘smirlar uchun ikkinchi sport razryadi; o‘smirlar uchun uchinchi sport razryadi beriladi.

                                                                                                               Nizomjon SOTTAROV,

                                   Jarqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi direktori

    O‘ZINI O‘ZI BAND QILGAN SHAXS SIFATIDA

        FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat  tomonidan  tartibga  solishni  soddalashtirish  bo‘yicha chiqargan qarorini bajarish maqsadida hukumatimiz qaror qildi. Shunga asosan o‘zini  o‘zi  band  qilgan  shaxslarni  davlat  soliq  xizmati  organlarida  ro‘yxatdan  o‘tkazish tartibi; o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari; o‘zini  o‘zi  band  qilgan  shaxslar  va  ularning  xizmatlaridan  (ishlaridan)  foydalanuvchilar o‘rtasidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solish belgilandi. O‘zini  o‘zi  band  qiladigan  shaxslar  uchun  faoliyat  (ishlar,  xizmatlar)  turlari  ro‘yxatiga “Nomoddiy madaniy meros obyektlarini (dorboz, askiya va lapar) asrash va ulardan foydalanish (madaniyat markazlari tarkibida faoliyat yuritayotgan shaxslar bundan mustasno)” hamda “Uy sharoitida xonaki tovuqlarni yetishtirish va ko‘paytirish” faoliyat turlari kiritilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

                                                                                                    Dilshoda MAMATKARIMOVA, 

                             Jarqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi mutaxassisi