Farzandimga kitob sovg‘a qilaman

Muhtaram Prezidentimiz kitob mahsulotlarini nashr etish, tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob o‘qish va kitobxonlik madaniyatini oshirishga, targ‘ib qilishga e`tiborni qaratib bu boradagi ishlarni yanada avj oldirdi. Amalga oshirish belgilangan ishlar orasida aholi, ayniqsa yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularga shart-sharoitlar yaratish ham keng o‘rin egallagan. Yosh avlod kitob o‘qisa bilimlari, dunyoqarashi, savodxonligi rivojlanadi. Kelajagi parloq bo‘ladi. Tuman hokimi A. Normamatov 27-maktabda ta`lim-tarbiya o‘rganayotgan o`quvchilar ishtirokida “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi doirasida kitob yarmarkasida qatnashdi. Kitobxonlikni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning kitobga qiziqishini oshirish, o‘zbek hamda jahon adabiyoti durdonalari, mumtoz va zamonaviy badiiy asarlarini ko‘proq o‘qish zarurligini ta`kidladi. Ushbu maktabda tashkil etilgan 5-sektor Ma`naviyat sektorini ko‘zdan kechirilib, mas`ullarga mavjud kamchiliklar yuzasidan kerakli ko‘rsatma va topshiriqlarni berdi.

                                                                                                        O‘z muxbirimiz