KUZ-QISH MAVSUMIDA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATAMIZ

Aholi salomatligini muhofaza qilish, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish sog‘liqni saqlash xodimlarining muqaddas burchi. Geppokrat qasamini qabul qilib, egningizga oppoq xalatni kiydingizmi mutaxassislik bo‘yicha o‘rgangan bilimlaringizni amalga oshirasiz. Tibbiyot muassasalari yil davomida, hatto kecha-yu kunduz bemorlarning salomatligiga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish uchun faoliyat yuritayapti.

Hozir kuz fasli bo‘lgani uchun ob-havo harorati pasaymoqda. Tibbiyot xodimlari, bemorlar, tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan katta yoshdagi fuqarolar, yoshlar, bolalar uchun yetarlicha haroratgagi muassasalarda qulayliklardan foydalanish zarur. Buning uchun tuman tibbiyot birlashmasi tizimidagi davolash profilaktika muassasalarining isitish qurilmalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda. Statsionar va ambulatoriya sharoitida aholiga namunali tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun tayyorgarlik ko‘rildi. Kuz-qish mavsumida isitishga mo‘ljallangan jami 68 ta qozonlar mavjud. Qozonlarni tozalash, yuvish, ichidagi turli xil chiqindilarni chayish ishlari bajarildi. Markaziy shifoxona, yuqimli kasalliklar shifoxonasi, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika binolari gaz tarmog‘idan uzilib, ko‘mir yoqilg‘isida isitishga mo‘ljallanganligi sababli zamonaviy TMS “Vostok” rusumli yangi qozonlar olib kelinib, o‘rnatildi. Tuman tibbiyot birlashmasi muassasalariga 1072 tonna ko‘mir olib kelinib, tarqatildi. Shundan Markaziy shifoxonaga 566,4 tonna olindi. Issiqlik tarmog‘i quvurlari izolatsiya qilindi.

Bundan tashqari, o‘nta qozon olib kelindi. Shuning ikkitasi “Paxtaobod” oilaviy shifokorlik punkitiga, bittasi 34-oilaviy poliklinikaning Gultepa filialiga, to‘rtasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikaga, ikkitasi Ko‘ganli oilaviy shifoxona poliklinikasiga, bittasi 37-oilaviy poliklinikaga o‘rnatilib, isitish tarmog‘iga ulandi. Qolgan qozonlar ta`mirlandi.

Viloyat sanoat xavfsizligi Davlat qo‘mitasi vakili S. Suyunov bilan birgalikda tibbiy muassasalarga borib kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi. 2023-2024 yillarda kuz-qish mavsumida qozonlarni ishlatish bo‘yicha xulosalar olinib, hujjatlashtirildi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2023 yil 7 oktabrdagi ko‘rsatma xatining ijrosini ta`minlash maqsadida tuman tibbiyot birlashmasi tizimidagi davolash profilaktika muassasalarida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida o‘quv seminari tashkil etildi. Tibbiyot muassasalari qozonlari o‘t yoquvchilari bilan birgalikda qozonlar holatlari bilan yaqindan tanishish, o‘zaro tajriba almashish, quz-qish mavsumida sifatli ishlatish bo‘yicha mahorat mashg‘ulotlari amalga oshirildi.

                                                                                             B. SHOYIMQULOV,

tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining umumiy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari