«Farzandimga kitob sovg‘a qilaman!»aksiyasi davom etmoqda

Farzand tarbiyasi uchun sarflangan mablag‘ kelajakka tikilgan eng yaxshi investitsiyadir. Ularni barkamol avlod sifatida voyaga yetkazish oldimizda turgan eng muhim vazifalardan biri. Bunda kitobning ahamiyati beqiyos.

Qumqo‘rg‘on tumanidagi 9- umumta’lim maktabida “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi doirasida ushbu maktabda faoliyat yurituvchi xodimlarning farzandlari hamda o‘quvchilarning ota-onalari uchun arzonlashtirilgan kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Shuningdek To‘da mahallasida joylashgan 47-umumta’lim maktabida “Farzandimga kitob sovg’a qilaman” aksiyasi doirasida tashkil etilgan kitob yarmarkasida tuman hokimi A. Normamatov ishtirok etdi. Shundan so‘ng sektor rahbarlari bitiruvchi sinf o’quvchilarining dars jarayonida ishtirok etib, o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Tuman hokimi o’quvchilarni  bilim olishi, yaxshi kasb egasi bo‘lishlari uchun yurtboshimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratilganligi va bu imkoniyatlardan unumli foydalanish zarurligi haqida ta’kidladi.