“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi

Adliya vazirligi 2024 yilning 20 yanvaridan 20 martigacha o‘tkazayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” nomli bir martalik huquqiy aksiya doirasida mahallalarda bo‘lib,  o‘rganishlarini olib bormoqda. Bu jarayonda tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan shaxslarning tug‘ilishini qayd qilish, ularga berilgan tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (ma’lumotnoma) asosida identifikatsiyalovchi ID-karta berishda amaliy yordam ko‘rsatish yaqin qarindoshining o‘limi qayd etilmagan,  tug‘ilganligi yoki yaqin qarindoshining o‘limi haqidagi tibbiy ma’lumotnomaga ega bo‘lmagani oqibatida yuridik faktni belgilash yuzasidan sudlarga murojaat qilishi zarur bo‘lgan shaxslarga tegishli huquqiy ko‘mak berilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini,ko‘chmas mulklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda muammoga duch kelganlarga ham qonun doirasida yordam ko‘rsatish belgilangan.

                                                                Sulaymon  Alikulov,

                                            tuman FHDYO bo‘limi inspektori

Aksiya doirasida Qumqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limi FHDYO bo‘limi tomonidan tumanning «Xo‘jaqishloq”mahallasida 2015-yildan buyon shar’iy nikoh asosida yashab kelayotgan fuqarolar A.Djabbarova va Z. Sodiqovalarning nikohi qonuniy rasmiylashtirilib, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma topshirildi hamda 2016-2018 yilda tug’ilgan farzandlari Muhammadfattoh va Sayidalixonlarning tug‘ilishi qayd etilib tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar berildi.

Hamda Chayontepa mahallasida  yashovchi 2013-yildan buyon shar’iy nikohda yashovchi A.Turakulov va I. Chorshanbiyevalarning ham nikohi qonuniy qayd etilib nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma berildi.

Shuningdek, Surxon sohili mahallasida yashovchi Abdujabborova Gulchehra Eshboyevnaning 1998-2001 yillarda vafot etgan ammo o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilmagan farzandlarining o‘limi qayd etilib o‘lim haqida guvohnomalar berildi.

                                                                  Sh. Abdullayeva,

                                              tuman FHDYO bo‘limi mudirasi