“JAHOLATGA — QARSHI MA`RIFAT” MAVZUSIDA TADBIR

Bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy-ma`naviy muhitni sog‘lomlashtirish, milliy va ma`naviy qadriyatlarimizni mustahkamlash borasida jamoat tashkilotlari tomonidan turli xil ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyati hokimligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi va diniy soha vakillaridan iborat targ‘ibot guruhi tomonidan Qumqo‘rg‘on tumanidagi 33-maktab hamda Shahar madaniyat markazida «Jaholatga-qarshi ma`rifat» mavzusida ma`naviy-ma`rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda hokimlik, ta`lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, bank, moliya, soliq, xizmat ko‘rsatish soha rahbar hamda xodimlari va o‘quvchi yoshlarning ota-onalari, uyushmagan yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘z olganlar hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning turli joylarida ro‘y berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasidagi chuqur o‘zgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma`rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhimligi, yoshlardagi ma`naviy bo‘shliqni to‘ldirish uchun ularni turli tajovuzlardan himoya qilish uchun avvalo ularning qalbida ona Vatanimizga bo‘lgan muhabbatni yanada kuchaytirish, buyuk tariximizni, milliy urf-odatlarimizni qalblariga singdirish zarurligini ta`kidlab o‘tdilar.

                                                             N. MUHAMMADIYEV