Xotira kechasi

Vatan muqaddas. Unga xizmat qilish esa eng oliy burchdir. Inson zaminga qadam qo‘yganidan boshlab shu tuproq uni kaftida avaylab voyaga yetkazadi,  unga behisob ehsonlar hadya etadi. Shunday insonlar borki, ular ham o‘zining butun  umrini yurt ravnaqi, taraqqiyoti, xalq istiqboli uchun sarf etadilar. Bunga tarixi azal ham bir necha marotaba guvohlik berishi mumkin. Mana shunday insonlardan biri, shubhasiz, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovdir.

  Islom Karimov o‘z faoliyatini to‘laligicha mana shu zaminning taraqqiyoti, rivoji uchun bag‘ishladilar. Ular shu qadar jur’atli shaxs ediki, bu hislatni ko‘pchilikka o‘rnak qilib ko‘rsatishga arziydi.  Yigirma besh yil, shuncha vaqt davomida bizning g‘am-tashvishlarimiz bilan yashadilar, bizni farovon hayotimiz uchun qayg‘urdilar. Va bizning xotiramizda, xalq xotirasida o‘chmas yorqin iz qoldirib ketdilar.

  Vafotlaridan so‘ng  ko‘p bora bu insonni yod etib tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Bunday tadbirlardan biri tumandagi 21-davlat maktabgacha ta`lim tashkilotida “Doimo qalbimizdasiz” shiori ostida o‘tkazildi.Bolajonlar tomonidan Vatanni madh etuvchi she`rlar aytildi,qo‘shiqlar kuylandi.

Bunday insonlarning hayot yo‘lini nafaqat bilishimiz, balki o‘rnak olishimiz ham zarur.

21-Davlat maktabgacha ta`lim tashkiloti jamoasi