PROBATSIYA NAZORATIDA TURGAN SHAXSLAR UCHUN SAYYOR SUD TASHKIL ETILDI

Qumqo‘rg‘on tumani IIB binosida tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik O. Jiyanov taqdimnomasiga asosan tuman IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turib jazo muddatini o‘tayotgan bir guruh nazorat ostidagi shaxslarning ishtirokida JIB Qumqo‘rg‘on tuman sudi raisi B. Tagayev raisligida sayyor sud o‘tkazildi.

Unda sud tomonidan tayinlangan jazoni ijobiy o‘tagan, o‘rnatilgan tartib, qoidalarga  amal qilgan, mehnatga munosabati ijobiy bo‘lgan, hamda sodir etgan jinoyatidan chin ko‘ngildan pushaymon 9 nafar nazorat ostidagi shaxslarning o‘talmay qolgan jazo muddatlari JKning 73-moddasiga asosan muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi.

1 nafar nazorat ostidagi shaxs nafaqa yoshiga yetganligi munosabati bilan JKning 75-moddasiga asosan o‘talmay qolgan jazo mudatidan ozod etildi.

Shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudining raisi B. Tagayev tomonidan tashkil etilgan sayyor sudda nazorat ostidagi shaxslarga huquqiy tushunchalar berildi. Ular tomonidan berilgan savollarga javoblar aytildi. Kelgusida qayta jinoyat sodir etmaslik xususida to‘xtalib o‘tildi.

Shu o‘rinda sudlar tomonidan bildirilgan ishonch va berilgan imkoniyat kishi zimmasiga mas`uliyat ham yuklaydi. Ana shu burchni teran anglagan inson esa avvalo oilasi, qolaversa jamiyat oldida yorug‘ yuzli bo‘lishiga shak-shubha yo‘q.

Qumqo‘rg‘on tumani IIB Probatsiya guruhi