Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

Vatanga mehr-muhabbat, sadoqat, yurt tinchligini saqlash har doimgi muqaddas vazifamiz. Bu ulug‘vor vazifani bajarishda to‘plangan boy tajribalar, ularni yosh avlodga o‘rgatishdagi ezgu ishlarimiz bizga kuch-quvvat, g‘ayrat-shijoat bag‘ishlaydi.

Qumqo‘rg‘on tumanida mahallalardagi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularga vatanga muhabbat va sadoqat ruhini singdirish maqsadida «Milliy armiyamiz yoshlar nigohida» shiori ostida harbiy vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimi Anvar Normamatov, sektor rahbarlari, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari, tuman Mudofaa ishlari bo‘limi, Ichki ishlar, Tibbiyot birlashmasi, Yoshlar agentligi, Kakaydi qo‘rg‘onining  harbiy qismi, mudofaaga ko‘maklashuvchi vatanparvar tashkiloti, mahallalardagi yoshlar va umumta`lim maktab o‘quvchilari ishtirok etdi. Tadbir davomida Kakaydi qo‘rg‘onidagi harbiy qismi va Milliy gvardiya ishtirokida yoshlarga qurol-aslaha, texnikalar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Rayhon Mengziyayeva