TUMAN KENGASHINING YETMISHINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashining 70-sessiyasida tuman Kengashi deputatlari, idora-tashkilot rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari ishtirok etdilar. Sessiya ishiga Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, tuman hokimi Anvar Normamatov raislik qildi.

Sessiya kun tartibida sektor rahbarlarining 2023-yil yakunlari hamda 2024-yilda rejallashtirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlari tinglandi. Shuningdek jamoat havfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish masalalari 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tuman IIB boshlig‘ining o‘rinbosari JXX boshlig‘i kapitan Shaxobiddin Azizberdiyev xisobot berdi.

Sessiya  kun tartibiga qo‘yilgan masalalarning barchasi muhokama etilib, ko‘rilgan masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar eshitildi hamda qarorlar qabul qilindi.