SIFATLI XIZMATUSTAGA FOYDA

Fuqarolar faoliyat yuritayotgan xizmat ko‘rsatuvchi subyektlarga murojaat qilishlari mumkin. Ularga sifatli va namunali xizmat ko‘rsatib ehtiyojlarini qondiradilar. O‘zi ham foyda topadi.

Qumqo‘rg‘on tumanidagi Bog‘aro mahallasida yashovchi iste`molchi N. X. (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) Sho‘rchi tumanidagi “YATT Mamatraimov Mardanaqul” ustaxonasi ustasi bilan bir dona reduktorni ta`mirlash uchun og‘zaki kelishdi. Oldindan 400000 so‘m to‘lovni amalga oshirdi. Usta E. Ya. ( usmi, familiyasi o‘zgartirildi) iste`molchiga lozim darajada xizmat ko‘rsatmasdan yana 100000 so‘m xizmat haqi olgan. Oqibatda iste`molchi N. X. (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) 2023 yil 28 iyulda O‘zbekiston Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasining ishonch telefoniga arz qildi. Shu murojaat Qumq‘org‘on tuman Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiayatining 2023 yil 28 iyuldagi № 16 i/ch-sonli buyrug‘iga asosan o‘rganildi. Ustaxona egasi E. Ya.ga (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) tegishli qonunning mazmun-mohiyati tushuntirilib, fuqarodan olgan 500000 so‘mi undirib berildi.

                                                                                     B. BO‘RIYEV,

                         Qumqo‘rg‘on tuman IXXQJ bosh hisobchisi

                                                                        U. MARDANAQULOV,

Qumqo‘rg‘on tuman IXXQJ Huquqiy himoya mutaxassisi