Voyaga yetmaganlar orasida ijtimoiy tarmoqlar  ommalashuvining salbiy oqibatlari

Biz insoniyat tarixining eng tez rivojlanayotgan davrida yashayapmiz. Kundan kunga zamon o‘sib, taraqqiy etib bormoqda. Bunday taraqqiyot jahon internet axborot tarmog‘i orqali yanada keng tarqalmoqda. Tabiiyki bundan mamlakatimiz ham chetda qolayotgani yo‘q. Aholining deyarli barcha ijtimoiy qatlamlari global axborot tarmog‘idan foydalanadi.

Ayniqsa bu jarayonda yoshlar va voyaga yetmaganlar faol ishtirok etadi. Jahon internet axborot tarmog‘i va ijtimoiy tarmoqlar ko’plab ijobiy tomonlaridan, axborot uzatish, qabul qilish, fayllar, hujjatlar tayyorlashda, ta’lim, sog‘liqni saqlash, hukumat, bandlikni ta’minlash umuman mamlakatimizda barcha sohalarda keng foydalaninlmoqda. Internet tarmog‘idan foydalanish va ijtimoiy sohalarda keng ommalshtirishga hukumat darajasida e’tibor qaratilmoqda. Lekin tanganing ikkinchi tomoni ham bo‘lganidek, internet va ijtimoiy tarmoqlarning salbiy tomonlari ham talaygina.

Mamlakatimizda fuqarolarning axborotni olish va tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish, ularga Internet jahon tarmog‘i hamda uning axborot resurslaridan foydalanish, tegishli axborotni ijtimoiy tarmoqlarda erkin joylashtirish, so‘z va matbuot erkinligini ta’minlashda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Yoshlar va bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish maqsadida tegishli qonunlarda fuqarolarni, shu jumladan voyaga yetmagan shaxslarni ularning hayotiga va sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi, bolalarda qo‘rquv, vahima yoki sarosima uyg‘otadigan, inson qadr-qimmatini kamsituvchi, ishchanlik obro‘siga putur yetkazish kabi axborotlarni tarqatganlik uchun javobgarlik belgilangan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda respublikada ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari soni 46 million bo‘lib, tarmoq foydalanuvchilarining aksariyatini yoshlar va voyaga yetmaganlar tashkil etadi. Internet tarmog‘idagi “.UZ” domenida ro‘yxatdan o‘tgan domenlar soni hozirgi kunda 98 mingtadan oshgan bo‘lsa-da, milliy resurslarga tashrif buyuruvchilarning o‘rtacha oylik soni 60 milliondan ortiqdir.

Qonunchilikda Internet jahon axborot tarmog‘ining global va milliy segmenti rivojlanishi tendensiyalarini muntazam o‘rganish, zamonaviy veb-resurslarni shakllantirish, rasmiy veb-saytlarni rivojlantirish, milliy veb-resurslar sonini ko‘paytirish, milliy kontentni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni shakllantirish masalalari belgilanganligiga qaramasdan, ayrim mas’ullar tomonidan o‘z vazifalarini bajarishga yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Xorijiy ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlarning o‘rnini bosa oladigan, barcha mavjud imkoniyatlarni ko‘zda tutgan milliy messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarni yaratish ishlariga lozim darajada e’tibor berilmagan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati quyidagilarni o‘rtaga qo‘ydi.

1. Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy mentalitetimizga yot bo‘lgan ma’naviy-ma’rifiy, diniy adovatni qo‘zg‘atuvchi axborot xurujlariga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;

2. Xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda Internet va ijtimoiy tarmoqlarda ilgari surilayotgan g‘oya va fikrlarni monitoring qilish, ularning dinamikasini aniqlash;

3. Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish, xorijiy ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlarning o‘rnini bosa oladigan, barcha mavjud imkoniyatlarni ko‘zda tutgan milliy messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarni yaratish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar;

4. Axborot-kommunikatsiya sohasida malakali dasturchi va mutaxassislarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati;

5. Internet jahon axborot tarmog‘i va ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar va voyaga yetmaganlar uchun qiziq bo‘lgan matnli, foto- video, audiovizual materiallarga boy bo‘lgan kontentlarni ko‘paytirish, “Vikipediya” platformasida O‘zbekiston haqidagi ma’lumotlarning to‘liq aks etayotganlik holatini tahlil etish va o‘rganish;

6. Internet jahon axborot tarmog‘ida foydalanuvchilarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga ko‘maklashadigan zamonaviy veb-resurslarni shakllantirish, shuningdek, axborot makonida O‘zbekistonning tarixi, fani, madaniyati va san’atini targ‘ib qilishni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar;

7. Ta’lim muassasalarining faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish, foydalanuvchilarning axborot-kutubxona resurslariga, mamlakat arxiv va muzeylariga masofadan kirish imkoniyatini yaratish va ularga Internet jahon axborot tarmog‘ida xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;

8. Internet jahon axborot tarmog‘ining global va milliy segmenti rivojlanishi tendensiyalarini muntazam o‘rganib borish va tahlil qilish, Internet jahon axborot tarmog‘ida yoshlar va voyaga yetmaganlar uchun kontentlarni rivojlantirish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati va zararli axborotdan himoya qilish borasidagi ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish va tahlil etish;

9. Sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, Internet tarmog‘ida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish choralarini takomillashtirish yuzasidan amaliy choralarni kuchaytirish;

10. Bolalar va o‘smirlarda maktab davridan, oliy o‘quv yurti talabalarida mediasavodxonlik, tanqidiy fikrlash, axborot manipulatsiyasi, Internetda shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi to‘g‘risida tushunchalar berish, ularda zamonaviy axborot muhitiga to‘g‘ri yondashuvni shakllantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda ko‘zda tutilayotgan rejalar to‘g‘risida yozma ravishda asoslantirilgan tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazaringizni bayon qilish talabi qo‘yilgan parlament so‘rovi bilan murojaat etadi va javobingiz Senatning navbatdagi yalpi majlisida muhokama etilib, uning yakunlari bo‘yicha qaror qabul qilinishi ma’lum qilinadi.

Bu kabi sanab o‘tilgan chora- tadbirlar tizimli va izchil olib borilishi, aholi barcha ijtimoiy qatlamining manfaatlari inobatga olinishi, axloqiy normalarga amal qilgan holda amalga oshirillishi maqsadga muvofiq.

          Jasurbek G’aniyev,

Qumqo‘rg‘on tumani IIB JXX XPB katta inspektor psixologi, leytenant