DOHADAN OLTIN MEDAL OLIB KELDI

2024 yil Fransiya davlatining Parij shahrida navbatdagi Yozgi Olimpiyada sport o‘yinlari o‘tkaziladi. Hozir to‘rt yilda bir marta bo‘ladigan tinchlik, do‘stlik, birdamlik sport musobaqalariga beriladigan yo‘llanmalarga ega chiqish uchun xalqaro turnirlar bo‘lmoqda. Bunday imkoniyatdan foydalanishga intilayotgan sportchilar orasida tumanimizdan yetishib chiqqan o‘g‘lonning borligidan faxrlanamiz. Tumandagi Boymoqli mahallasida yashovchi Jahongir Xudoyberdiyev Qatar davlatidagi Doha shahrida o‘tkazilgan xalqaro musobaqada g‘olib chiqdi. U taekwondo WT sport turi bo‘yicha G1 tasnifiga kiruvchi xalqaro musobaqada 54 kilogramm vazn toifasida qatnashib faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Oltin medal bilan taqdirlanib, Parij – 2024 Yozgi Olimpiada o‘yinlarida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.