YOSHLAR TASHABBUSDAN XURSAND BO‘LDI

Qumqo‘rg‘on tuman prokurori Sh. Akramovning tashabbusi bilan alohida e`tiborga muhtoj voyaga yetmaganlar va yoshlarning munosib madaniy hordiq olishlariga ko‘maklashish maqsadida Termiz shahriga sayohat tashkil qilindi. Yoshlar dastlab “Al-Hakim at-Termiziy” majmuasini ziyorat qilishdi. Sayohatchilar shundan so‘ng “Prezident maktabi”ga tashrif buyurishib, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi, dars jarayonlarida ishtirok etishdi. Shuningdek, shaharda yangi tashkil etilgan “Vatanparvarlar” bog‘ida madaniy tadbirlar tashkil etilib, unda qatnashgan yoshlar o‘zlariga kerakli taassurotlarga ega bo‘lishdi. Tadbirning oxirida yoshlar tuman prokuraturasiga taklif etilib, bu yerdagi ish faoliyati bilan tanishtirildi. Ularning taklif va mulohazalari tinglanib, qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.